2024-yil noyabr oyida O‘zbekiston kinoteatrlarida qaysi filmlarni tomosha qilish mumkin?

E’lon qilingan sana· 318
2024-yil noyabr oyida O‘zbekiston kinoteatrlarida qaysi filmlarni tomosha qilish mumkin?

O‘zbekistonda noyabr — bu nafaqat uyda striming platformalarining yangiliklaridan zavqlanishga, balki kuzgi salqinlik issiq kinoteatrga borishga undaydigan vaqt. Bu oyda kinoprokat har bir odam uchun o‘ziga xos premyeralarni taklif qiladi: epik blokbasterlar, harbiy va siyosiy dramalar, mistik va diniy trillerlar, oilaviy yorqin multfilmlar va “xoa-xoa-xoa-xoa” qo‘shig‘ini kuylash istagini uyg‘otuvchi vampirlar haqidagi komediya. Bu oyda har qanday kayfiyat uchun filmlar topish mumkin.

Миссия: Красный

Red One
Janr: fentezi, jangari, komediya, detektiv, sarguzasht.
Premyera sanasi: 7-noyabr.

Merayya Keri chuqur uyqudan uygʻondi, shu sababdan noyabr avvalida bizni yangi yil kayfiyatidagi film kutib turibdi. “Миссия: Красный” — bu Dueyn Jonson va Kris Evans ishtirokidagi fentezi elementlaridan iborat sarguzasht komediya. Loyiha Rojdestvo an’analarini qayta koʻrib chiqishga qaratilgan. Kinokartinaga Jumanji seriyasidagi filmlari bilan tanilgan Jeyk Kasdan rejissyor qilgan, ssenariyni esa “Forsaj” filmlarida ham ishlagan Kris Morgan yozgan. Kinoda Dueyn Jonson va Kris Evansdan tashqari J.K. Simmons, Lyusi Liu, Kirnan Shipka va Meri Elizabet Ellislar ham suratga tushgan.

Sinopsis: “Qizil” kodli nomdagi Santa Klaus o‘g‘irlab ketilgan. Shimoliy qutb xavfsizlik xizmati boshlig‘i dunyodagi eng mashhur odam ovchisi bilan birlashishi kerak. Ular birgalikda butun dunyo boʻylab Rojdestvoni qutqarish bo‘yicha missiyani boshlaydi.


Затерянное место

Never Let Go
Janr: qoʻrqinchli.
Premyera sanasi: 7-noyabr.

Xolli Berri bosh rolni ijro etgan Aleksandr Ajaning (“Зеркала”) yangi filmi turli xildagi fikrlarga sazovor bo‘ldi: keskin muhit va Berrining ijrosi maqtovga sazovor bo‘ldi. Konsepsiya va treyler qiziqishni uygʻotadi. Filmga shunchalik ishonilyaptiki, butun boshli franshizaning boshlanishi deya qaralmoqda.

Sinopsis: ikki egizak o‘g‘li bor ayol ularni yovuzlikdan himoya qiluvchi o‘rmonda yashaydi. Ular bilan aloqa yoʻqolmasligi uchun ayol uydan arqonni bogʻlagan holda chiqib ketishi kerak. Aks holda, yovuzlik tegib, miyangni egallab oladi. Bolalar onasining qoidalariga so‘zsiz bo‘ysunishadi, ammo ko‘p o‘tmay bir o‘g‘il ularning haqiqatiga shubha bilan qaray boshlaydi.


Отец года

Goodrich
Janr: komediya.
Premyera sanasi: 7-noyabr.

Yangi komedik-drama yumori va iliq atmosferasi uchun ijobiy baholarga sazovor bo‘ldi, Maykl Kiton va Mila Kunis ijrosi uchun esa maqtovlar yogʻildi. Loyiha yirik blokbaster bo‘lmasa-da, oilaviy qadriyatlarga urg‘u beradigan kinokartinalarni afzal ko‘radigan auditoriyaga uchun yoqishi aniq.

Sinopsis: muvaffaqiyatli art-diler va baxtli turmush oʻrtoq Endi kutilmaganda yaqin uch oyni ikki yosh bola bilan birga oʻtkazishi kerakligini bilib qoladi. Tabiiyki, bu yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Egizaklarni katta qiziga qoldirishi va biznes bilan shug‘ullanishda davom etishi mumkin edi, lekin u ham homilador. Imkonsiz qolganini tushungan Endi hokimiyatni o‘z qo‘liga oladi — bolalarni sog‘lom ovqat, qattiq tartib-intizom va uy vazifalari kutmoqda. Biroq “Yil otasi” unvoniga hali munosib ham bo‘lish kerak.


Гладиатор 2

Gladiator II
Janr: jangari, drama, sarguzasht.
Premyera sanasi: 14-noyabr.

Ridli Skottning uzoq kutilgan tarixiy epik filmi qaytmoqda. Filmning ilk premyerasini ko‘rganlar uni “yilning eng yaxshi filmlaridan biri” deb atashmoqda. Niyat jiddiy, lekin rejissyor va aktyorlarning tajribasi hisobga olganda shubhaga o‘rin qolmaydi. Darvoqe, bosh rolni Pol Meskal ijro etgan, unga esa Pedro Paskal, Denzel Vashington, Jozef Kuinn va Konni Nilsen hamrohlik qilgan.

Sinopsis: “Gladiator” filmidagi voqealardan yigirma yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, Lutsilla va Maksimusning o‘g‘li Lutsiy xotini va farzandi bilan Numidiyada yashaydi. General Mark Akatsiy qo‘mondonligidagi Rim askarlari uning shahriga bostirib kirib, xotinini o‘ldiradi va Lutsiyni asir oladi. Otasi tarixidan ilhomlangan Lutsiy yosh imperatorlar Karakall va Getni ag‘darishni rejalashtirgan sobiq qul Makrindan tahsil olib, gladiator bo‘lishga qaror qiladi.


Еретик

Heretic
Janr: qoʻrqinchli, triller.
Premyera sanasi: 14-noyabr.

Mustaqil va biz sevgan A24 studiyasi Xyu Grantni, shuningdek, “Тихое место” ssenaristlarini birlashtirdi va ularga yangi qo‘rqinchli filmni suratga olishni ishonib topshirdi. Kino Torontodagi kinofestivalda tanqidchilarning qiziqishiga sabab boʻldi va uni ishonch hamda unga boʻlgan gʻazab haqidagi falsafiy savollarni koʻtargan horror va ijtimoiy satiraning muvaffaqiyatli kombinatsiyasi deya atashdi.

Sinopsis: cherkov missiyasi ikki qizni beozor yolgʻonchi mister Ridning eshigi oldiga olib keladi. Ular nima boʻlayotganini tushunishga ulgurmay, o‘z e’tiqodi mustahkamligini sinab ko‘rish uchun qurilgan iblisning tuzog‘iga tushib qoladi. Omon qolish uchun ular bir qator murakkab sinovlardan o‘tishlari va izohlab bo‘lmaydigan holatlarga duch kelishi kerak. Endi nimaga ishonish yoki ishonmaslik ular uchun hayot va o‘lim o‘rtasidagi tanlovni anglatadi.


Вампиры легкого поведения

The Radleys
Janr: qoʻrqinchli, komediya.
Premyera sanasi: 14-noyabr.

Ha, bu istaklarning bostirilishi, o‘ziga xoslik va oilaviy rishtalarning inqiroziga allegoriya qilingan, “xoa-xoa-xoa-xoa” deya kuylash istagini uyg‘otadigan vampirlar mavzusidagi yana bir film. Loyiha komediya va qoʻrqinchli janrlarining kontrastida boʻlib, vasvasalarga to‘la dunyoda normal bo‘lib qolishga jon-jahdi bilan harakat qilayotgan oilaning maishiy muammolariga urg‘u beradi. Biz aynan shuning uchun ham vampirlar haqidagi filmlarni yaxshi ko‘ramiz.

Sinopsis: Redlining oilasi — Helen, Piter va ularning o‘smir farzandlari Klara hamda Rouen kichik shaharchada tinch hayot kechiradi. Bir kuni Klaraga sinfdoshi hujum qiladi va qiz o‘zini himoya qilish uni o‘ldiradi hamda qonini ichadi. Ma’lum bo‘lishicha, ota-onasi ularning oilasi vampir ekanini yashirgan va ular ko‘p yillar davomida qon iste’mol qilishdan o‘zlarini tiyishga muvaffaq bo‘lgan. Jasaddan qutulish uchun yordamga bolalar ham tanimaydigan amaki chaqiriladi. Otaning egizagi hushyorlikni unutadigan va o‘z hayot falsafasi haqida gapirib berishni yoqtiradigan odam boʻladi.


Великая

Lee
Janr: biografiya, harbiy, drama, tarixiy.
Premyera sanasi: 21-noyabr.

Loyiha taniqli harbiy fotojurnalist va sobiq model Li Millerning hayotiga bag‘ishlangan biografik drama bo‘lib, u Ikkinchi Jahon urushi paytidagi dahshatlar haqida tarixiy suratlar olgan. Ma’lumot uchun, Miller natsistlar konsentratsion lagerlarining mashhur kadrlarini, jumladan, Daxau va Buxenvald ozod qilingandan keyin Gitlerning vannasida oʻtirgan holda suratga tushgan. Qiziqarlimi?

Sinopsis: Vogue muqovalaridan oʻrin stil ikonasi, uslub belgisi, misrlik millionerning rafiqasi, Pikasso va Dali undan ilhomlangan, kultga aylangan fotograf, dunyoga mashhur “Gitlerning hammomidan reportaj"ni tayyorlagan va dunyoni hayratga solgan boshqa buyuk suratlarning muallifi Li Miller haqidagi film.


“Злая: Сказка о ведьме Запада”

Wicked
Janr: musiqiy, fentezi, melodrama.
Premyera sanasi: 21-noyabr.

Filmning tarixi ajoyib. Rejissyor Jon M. Chu tomonidan suratga olingan loyiha mashhur Brodvey myuzikliga asoslangan bo‘lib, u o‘z navbatida Gregori Maguayrning kitobidan ilhomlangan. Bosh rollarda Sintiya Erivo va Ariana Grande — kinematografiyaga kirishga qaror qilgan navbatdagi musiqachi. Shuningdek, ularga Mishel Yeo, Jeff Goldblum va Jonatan Beyli ham qoʻshilgan.

Sinopsis: syujet markazida Oz mamlakatining ikki jodugari: Elfaba, yashil terili haydalgan qiz — G‘arbning yovuz jodugari hamda Glinda, keyinchalik shimolning mehribon sehrgariga aylanadigan jozibali va ambitsiyali qiz. Kinokartina ularning ulg‘ayishi, sevgilisi uchun kurashdagi raqobati, shuningdek, Oz mamlakati aholisini Elfabaga qarshi qilib qoʻygan sehrgarning zulmiga qarshi kurashi haqida hikoya qiladi.


“Моана 2”

Moana 2
Janr: multfilm, musiqiy, fentezi, komediya, sarguzasht, oilaviy.
Premyera sanasi: 21-noyabr.

Disney tomoshabinlarni yana sehr va sarguzashtlar olamiga olib kirishga tayyorlanmoqda. “Moana 2” multfilmiga Devid Derrik rejissyorlik qilgan, u ilgari “Qirol Sher,” “Enkanto” va “Moana"ning ilk animatsion filmlarida rassom sifatida ishlagan. Yangi kartina uchun musiqa taniqli bastakorlar Gremmi mukofoti gʻolibi Abigeyl Barlou va bu sovringa nomzod boʻlgan tomonidan Opetaia Foai tomonidan yaratilgan.

Sinopsis: syujet birinchi film voqealaridan uch yil o‘tib sodir bo‘ladi. Moana ota-bobolarining sirli chaqirig‘ini his qilib, yangi yerlarni izlab topish uchun uzoq Okeaniyag boradi. Ushbu xavfli yo‘lda unga yana yarim ma’bud Maui va kutilmagan noma’lum sinovlarga tayyor yangi ittifoqchilar jamoasi hamrohlik qiladi.


“Конклав”

Conclave
Janr: triller.
Premyera sanasi: 28-noyabr.

Yangi Rim papasini saylash jarayoni qanday kechishi bilan hech qiziqqanmisiz? Yangi dramatik triller “Конклав” ushbu sirni ochib beradi. Ma’lumot uchun, film Robert Xarrisning 2016-yildagi xuddi shu nomli romaniga asoslangan. Film tanqidchilarning ijobiy baholariga sazovor bo‘ldi, ular aktyorlik ishi va postanovkani alohida ta’kidladi. Loyiha, shuningdek, kuchli aktyorlar tarkibi bilan ajralib turadi: Reif Faynz, Stenli Tuchchi, Jon Litgou, Serjio Kastellitto va Izabella Rossellini.

Sinopsis: Papaning to‘satdan vafotidan so‘ng, kardinallar konklavga — katolik cherkovining yangi rahbarini tanlashga tayyorgarlik ko‘radi. Bu muqaddas marosimga rahbarlik qilish kardinal Lourensga topshirilgan. Ammo tez orada u oliy ruhoniylar orasida fitna tayyorlanayotganini tushunadi va cherkovning poydevorini buzishi mumkin bo‘lgan sirni bilib oladi.

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev