Toshkentda IX Yevropa filmlari festivali bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 824
Toshkentda IX Yevropa filmlari festivali bo‘lib o‘tadi

29-noyabrdan 1-dekabrga qadar Milliy kino san’ati saroyida IX Yevropa filmlari festivali bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlar Ukraina, Avstriya, Shvetsiya, Germaniya, Sloveniya, Bolgariya, Latviya, Iroq, Finlyandiya, Estoniya, Islandiya, Lyuksemburg, Belgiya, Polsha va Italiya filmlarini koʻrishi mumkin.

Festival Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, madaniy almashinuv va do‘stlik ramzi hisoblanadi.

Festival dasturida:

29-noyabr:

  • 11:00 — “Mermaids Don’t Cry” (Avstriya): oʻz-oʻzini izlash haqida zamonaviy ertak;
  • 14:00 — “Imad's childhood” (Shvetsiya, Iroq, Latviya): urushdan aziyat chekkan bola haqida hujjatli hikoya;
  • 19:00 — “The naked truth about band „Zhiguli“” (Bolgariya): muvaffaqiyat uchun ikkinchi urinish haqidagi ta’sirli komediya;

30-noyabr:

  • 11:00 — “Luxembourg, Luxembourg” (Ukraina): ikki aka-uka haqida ta’sirli hikoya;
  • 14:00 — “Lola” (Irlandiya): kelajakda boʻladigan radioeshittirishlarni tutib qolish qurilmasini ixtiro qilgan opa-singillar haqida hujjatli film;
  • 19:00 — “The Man Without Guilt” (Sloveniya): kechirim va qutqarish haqida drama;

1 dekabr:

  • 11:00 — “Any Day Now” (Finlyandiya): qolish huquqi uchun kurashayotgan qochqin oilaning hikoyasi;
  • 14:00 — “Trained To See: Three Women and The War” (Germaniya): Ikkinchi jahon urushidagi urush muxbirlari haqida hujjatli film;
  • 19:00 — “Niebezpieczni dzentelmeni” (Xavfli janoblar) (Polsha): jinoyat haqida kulgili hikoya.

Filmlar asl tilida subtitrlar bilan namoyish etiladi.

Kirish bepul.