Anons

IX Yevropa filmlari festivali

E’lon qilingan sana· 458
IX Yevropa filmlari festivali

Milliy kino san’ati saroyida IX Yevropa filmlari festivali doirasida kinokartinalar namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Tomoshabinlar Ukraina, Avstriya, Shvetsiya, Germaniya, Sloveniya, Bolgariya, Latviya, Iroq, Finlyandiya, Estoniya, Islandiya, Lyuksemburg, Belgiya, Polsha va Italiya filmlarini tomosha qilish mumkin.

Festival dasturi quyidagicha:

29-noyabr:

  • 11:00 — “Mermaids Don’t Cry” (Avstriya): oʻz-oʻzini izlash haqida zamonaviy ertak;
  • 14:00 — “Imad's childhood” (Shvetsiya, Iroq, Latviya): urushdan aziyat chekkan bola haqida hujjatli hikoya;
  • 19:00 — “The naked truth about band „Zhiguli“” (Bolgariya): muvaffaqiyat uchun ikkinchi urinish haqidagi ta’sirli komediya;

30-noyabr:

  • 11:00 — “Luxembourg, Luxembourg” (Ukraina): ikki aka-uka haqida ta’sirli hikoya;
  • 14:00 — “Lola” (Irlandiya): kelajakda boʻladigan radioeshittirishlarni tutib qolish qurilmasini ixtiro qilgan opa-singillar haqida hujjatli film;
  • 19:00 — “The Man Without Guilt” (Sloveniya): kechirim va qutqarish haqida drama;

1 dekabr:

  • 11:00 — “Any Day Now” (Finlyandiya): qolish huquqi uchun kurashayotgan qochqin oilaning hikoyasi;
  • 14:00 — “Trained To See: Three Women and The War” (Germaniya): Ikkinchi jahon urushidagi urush muxbirlari haqida hujjatli film;
  • 19:00 — “Niebezpieczni dzentelmeni” (Xavfli janoblar) (Polsha): jinoyat haqida kulgili hikoya.

Filmlar asl tilida subtitrlar bilan namoyish etiladi.

Kirish bepul.