"Xarobadan chiqqan millioner" filmining davomi suratga olinadi

E’lon qilingan sana· 175
"Xarobadan chiqqan millioner" filmining davomi suratga olinadi

“Xarobadan chiqqan millioner” filmining davomi sifatida to‘liq metrajli kinokartina va serial suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Deadline” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ikkala loyihaga ham huquq “Bridge7” kompaniyasi tomonidan sotib olingan. Ta’kidlanishicha, filmlarda bosh qahramon Jamolning yangi sarguzashtlari hikoya qilinadi.

Denni Boyl tomonidan suratga olingan asl film 2008-yilda premyera qilingan. Syujet markazida “Kim millioner bo‘lishni istaydi?” televizion o‘yinida ishtirok etayotgan Mumbaylik yetim bola (Dev Patel) edi. Film 278 million dollar yiqqan va sakkizta yoʻnalishda Oskar mukofotini qo‘lga kiritgan.

Yangi film va serialda bosh rollarni Dev Patel va Frida Pinto ijro etishi boʻyicha hozircha ma’lumot berilmagan.