Ayub Shahobiddinovning yangi "Bahorni quvib" filmi premyera qilinadi
E’lon qilingan sana: · 719
Rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan yangi “Bahorni quvib” filmi 18-dekabr kuni premyera qilinadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kinokartina “Oʻzbekfilm” kinokonserni tomonidan suratga olingan. Maxsus premyera Milliy kino sanʼati saroyining kichik zalida 16:00 da boshlanadi. Filmda oʻzbek ayoli kechinmalari va insoniy munosabatlar haqida hikoya qilinadi.
“Bahorni quvib” filmida bosh rolni Ra’no Shodiyeva ijro etgan. Ssenariy muallifi yozuvchi va dramaturg Erkin A’zam hisoblanadi.