Jeki Chan ishtirokidagi "Panda" operatsiyasi" filmi oʻzbek tiliga dublyaj qilindi
E’lon qilingan sana: · 1 031
“Kinopoisk” onlayn platformasida Jeki Chan ishtirokidagi “Panda” operatsiyasi" filmi namoyish etila boshladi. Premyera oʻzbek tiliga ham dublyaj qilingan. Tarjima va dublyajni avvalroq “Tarjimon”, “The Equalizer” , “Nojentlmencha ishlar vazirligi”, “Garfild”, “Bad Boys: Ride or Die” va boshqa filmlarni oʻzbek tiliga oʻgirgan “Kitchen Russia” dublyaj studiyasi amalga oshirdi.
Personajlarga quyidagi dublyaj ustalari ovoz bergan:
- Bexzod Muhammadkarimov;
- Aziz Latipov;
- Ixtiyot Otajonov;
- Laziza Mirkomilova;
- Zarina Otajonova;
- Otabek Iskandarov;
- Isomiddin Boymirzayev;
- Diyorbek Ibragimov;
- Oʻtkir Alimov;
- Dildora Qahhor;
- Ruxshona Ne’matjonova.