"Narniya" haqidagi yangi film qachon premyera qilinishi ma'lum boʻldi

E’lon qilingan sana· 513
"Narniya" haqidagi yangi film qachon premyera qilinishi ma'lum boʻldi

Greta Gervig rejissyorligidagi “Narniya xronikasi” asariga asoslangan yangi film 2026-yil 26-noyabrda premyera qilinadi. Bu haqda Puck News portali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Netflix filmni AQShdagi 1000 ta kinoteatrda IMAX formatida eksklyuziv tarzda chiqaradi. Bu xizmat tarixidagi birinchi holat boʻladi. “Narniya"ni 2026-yil 25-dekabrda striming platformasida koʻrish mumkin boʻladi.

Kinokartina tafsilotlari, aktyorlar tarkibi va boshqa detallar ma’lum qilinmagan. Suratga olish ishlari 2025-yilning yozida boshlanishi taxmin qilinmoqda. Avvalroq prodyuser Emi Paskal film avvalgi kinolardan farq qilishi haqida gapirgandi.

“Narniya” haqidagi eng yaxshi filmlar Disney tomonidan ishlangan trilogiya (2005−2010) bo‘lib, dunyo bo‘ylab 1,5 milliard dollar to‘plagan. Syujet Pevensi oilasining bolalari Narniya sehrli mamlakatiga tushib qolgani haqida hikoya qiladi.