Milliy kino san'ati saroyida 70 kishilik yangi kinozal ishga tushdi
E’lon qilingan sana: · 600

Milliy kino san’ati saroyida (sobiq Panorama) 1-fevraldan boshlab yangi kinozal ishga tushdi. Bu haqda kinosaroy matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi kino zalning qurilish ishlari yakunlangan va 1-fevraldan boshlab o‘z faoliyatini boshlagan.
Hozirgi kunga qadar Kino majmuasi hududida har kuni filmlar namoyishi uchun 5 ta kinozal, shuningdek, 1820 kishiga moʻljallangan filmlar premyerasi uchun katta kinozal mavjud.
Yangi kinozal oltinchisi bo‘lib, 70 kishiga mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, Milliy kino san’ati saroyida yangi ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston Kino sanʼati muzeyini ham tomosha qilish mumkin.