2025-yil fevral oyida uyda tomosha qilish mumkin bo‘lgan yangi film va seriallar

E’lon qilingan sana· 495
2025-yil fevral oyida uyda tomosha qilish mumkin bo‘lgan yangi film va seriallar

Netflix biri-biridan qiziq bo‘lishini va’da qiladigan yangi loyihalarni sovg‘a qilmoqda. Shuningdek, to‘plamdan Disney+ multfilmi, Peacock’dan yangi "Форс-мажоры" va uyda tomosha qilish uchun boshqa yangi filmlar oʻrin olgan.

Filmlar

“Ведьмак: Сирены глубин”

The Witcher: Sirens of the Deep
Janr: multfilm, fentezi, jangari, drama.
Premyera sanasi: 11-fevral kuni Netflix platformasida.

“Сирены глубин” — mashhur fantastik olamning qayg‘uli suvlariga cho‘ktirishga va’da beruvchi Netflix’ning yana bir durdona animemasi. Syujet Anjey Sapkovskiyning “Немного жертвенности” hikoyasiga asoslangan. Gerichga avvalroq “Witcher” turkumidagi o‘yinlarning ingliz tilidagi versiyalarida qahramonga ovoz bergan Dag Kokl dublyaj qilgan. Animatsiya bilan “Легенда о Корре” va “DOTA: Кровь дракона” kabi loyihalari bilan tanilgan Studio Mir kompaniyasi shug‘ullangan.

Sinopsis: knyaz Agloval Sheenaz ismli sirenaga oshiq boʻlib qoladi. Shu paytda odamlar dengiz tubida to‘satdan o‘la boshlaydilar — riviyalik Geralt esa bu ishni tekshirishni boshlaydi.


“Бриджит Джонс: Без ума от мальчишки”

Bridget Jones: Mad About the Boy
Janr: drama, melodrama, komediya.
Premyera sanasi: 13-fevral kuni Peacock platformasida.

50 yoshida Bridjit Jons hammani (ehtimol, o‘zini ham) bor-yo‘g‘i 35 yoshida ekaniga ishontirishga harakat qiladi. Boshqa tomondan, bu bizga yosh shunchaki raqam ekanligini, hayotdagi xaos esa normal ekanini eslatadi. Umuman olganda, Peacock striming platformasi filmni 14-fevral kuni uchun sovg‘a tariqasida premyera qilmoqda.

Sinopsis: Mark Darsi Sudanda fojiali tarzda halok bo‘lganidan so‘ng, Bridjit ikki farzandi bilan beva qoldi va onlayn tanishuvlar olamiga sho‘ng‘ishga qaror qildi. U yerda 30 yoshli chiroyli yigit bilan tanishadi va albatta, sarguzashtlar boshlanadi.


“Сломленная ярость”

Broken Rage
Janr: komediya, kriminal.
Premyera sanasi: 13-fevral kuni Prime Video platformasida.

Afsonaviy Takeshi Kitano Sevishganlar kuniga o‘z sovg‘asini taqdim etadi. Umuman olganda, film qandaydir prankga o‘xshaydi, chunki film bor-yo‘g‘i 60 daqiqa davom etadi va rejissyor bu manzarani “eksperimental boshlanish” deb ta’riflaydi. Kinokartinaning birinchi yarmi huquq-tartibot idoralari va yakudza o‘rtasida qolib ketgan qotil haqidagi keskin kriminal trillerdir. Ikkinchi qismda syujet o‘z-o‘ziga parodiya qilish elementlari bilan boyitilgan komediya prizmasi orqali qayta namoyish etiladi. Loyihada bosh rolni Kitanoning o‘zi ijro etgan, shuningdek, filmda “Segun” serialidagi Tadanobu Asano rol o‘ynagan.


“Ущелье”

The Gorge
Janr: qoʻrqinchli, fantastika, jangari, melodrama, sarguzasht.
Premyera sanasi: 14-fevral kuni Apple TV+ platformasida.

Anya Teylor-Joy va Maylz Teller melodrama janri aralashgan fantastik ekshen-xorrorda? Bridjit Jonsni unuting, 14-fevral uchun ideal sovg‘a aslida bu kino. Buni koʻrish kerak. Konsepsiya ham qiziq, aktyorlar tarkibi ajoyib, rejissyor esa Skott Derrikson (“Doktor Strenj,” “Sinister”) hisoblanadi.

Sinopsis: AQShning eng yaxshi mergani o‘ziga xos topshiriq oladi: “Dara” deb ataladigan joyni qo‘riqlash. Bu ulkan tuynukning narigi tomonida Sharqiy Yevropadan kelgan yana bir tajribali mergan ham bor. Oxir-oqibat, ular o‘rtasida masofaviy munosabatlar paydo bo‘ladi.


Seriallar

“Яблочный уксус” (mini-serial)

Apple Cider Vinegar
Janr: drama, kriminal, biografiya.
Premyera sanasi: 6-fevral kuni Netflix platformasida.

Ma’lum bo‘lishicha, “Яблочный уксус” nafaqat salatlar uchun mashhur masalliq, balki bizni aldamchilik, ijtimoiy tarmoqlar va soxta umidlar dunyosiga olib kirishni va’da qiladigan real voqealarga asoslangan yangi Netflix serialining nomi hamdir. Loyiha raqamli davrda ishonch, axloq va mas’uliyat haqidagi muhim masalalarni ko‘tarib, “velnes” madaniyati va ijtimoiy tarmoqlar ta’sirining qorong‘u tomoniga nazar solish imkonini beradi.

Sinopsis: avstraliyalik velnes-inflyuyenser Bell Gibson o‘zining mavjud bo‘lmagan miya saratonini sog‘lom turmush tarzi yordamida davolaganini da’vo qiladi. U katta auditoriyani egalladi, mobil ilova va kitob chiqaradi, ammo uning yolg‘onlari fosh bo‘ladi, bu esa keng ko‘lamli janjalga olib keladi.


“Победа или поражение”

Win or Lose
Janr: multfilm, sport, oilaviy, komediya.
Premyera sanasi: 19-fevral kuni Disney+ platformasida.

Pixar studiyalarida to‘liq metrajli filmlar kam bo‘lib chiqdi va kompaniya “Победа или поражение” loyihasi bilan seriallar dunyosiga kirishga qaror qildi. Serial maktab softbol jamoasi haqida (ha, xuddi shunday) ularning hal qiluvchi chempionlik o‘yini oldidan bir hafta davomida boʻlgan voqealarni hikoya qiladi. Har bir epizod alohida qahramonga bag‘ishlangan va voqealarni uning nuqtai nazaridan ko‘rsatadi, bu esa tomoshabinlarga bir voqeaning turlicha tasvirlanishini ko‘rish imkonini beradi. Gʻoya muallifi va rejissyorlar Kerri Xobson (“Лука”) va Maykl Yets (“Крэйг из царства Ручья”) hisoblanadi.


“Нулевой день” (mini-serial)

Zero Day
Janr: triller, drama.
Premyera sanasi: 20-fevral kuni Netflix platformasida.

To‘liq metrajli filmlarda rol o‘ynash Robert de Nironing ham joniga tegdi va u seriallar tomonga o‘tdi. Netflix loyihasi kiberxavfsizlik, dezinformatsiya va siyosiy fitnalarga oid dolzarb mavzularni ko‘tarib, tomoshabinlarga keskin va chuqur oʻyga soladigan syujet taqdim etadi. Rejissyor Lesli Linka Glatter bo‘lib, u “Западное крыло” va “Оставленные” kabi loyihalar ustida ishlagan.

Sinopsis: sobiq prezident Jorj Mallen tartibsizlik va ko‘plab qurbonlar olib kelgan keng ko‘lamli kiberhujumni tergov qilish bo‘yicha maxsus komissiya rahbari etib tayinlandi. Aybdorlarni qidirish jarayonida u yolg‘on ma’lumotlarga, texnologiya, hukumat va moliya sohasidagi nufuzli shaxslarning shaxsiy ambitsiyalariga, shuningdek, o‘zining yashirin sirlariga duch keladi.


“Тысяча ударов”

A Thousand Blows
Janr: drama, tarixiy, sport.
Premyera sanasi: 21-fevral kuni Hulu platformasida.

Xo‘sh, yer ostidagi janglar, bokschilarning iflos qo‘lqoplari va yerto‘lalarda nafaqat choy, balki qonli achitqi hidi anqib turgan viktoriancha London havosini sevuvchilar, bu siz uchun! Disney o‘zining Hulu strimingi bilan tarixiy drama tayyorlash kerak, degan qarorga keldi. Janrning an’analariga sodiq qoladigan boʻlsak serial hech kim jarohatlar va chandiqlardan sugʻurtalanmagan olovli serial va’da qiladi.

Sinopsis: yamaykalik eng yaxshi do‘stlar Londondagi yashirin boks musobaqalarida qatnashmoqda. Tez orada tajribali jangchi Shugar Gudson bilan to‘qnashuvlar ringdan tashqariga ham chiqadi.


“Форс-мажоры: Лос-Анджелес”

Suits L.A.
Janr: drama.
Premyera sanasi: 23-fevral kuni Peacock platformasida.

Aftidan, Xarvi Spekter qimmatbaho tuflilarini Nyu-York loyidan tozalashdan charchagan va Kaliforniya qumlari eng yaxshi variant deb qaror qilgan. Umuman olganda, “Форс-мажоры” yomg‘irli Nyu-Yorkdan quyoshli Los-Anjelesga ko‘chib o‘tmoqda! Yangi qahramonlar, eski tanishlar va, albatta, qiziqarli ishlar bilan ushbu spin-off ham eski muxlislar, ham yangi tomoshabinlarning qalbini zabt etishga tayyor.

Sinopsis: Nyu-Yorkning sobiq federal prokurori Blek Los-Anjelesdagi eng nufuzli mijozlarning manfaatlarini himoya qiladi.


“Дом Давида”

House of David
Janr: tarixiy.
Premyera sanasi: 27-fevral kuni Prime Video platformasida.

Amazon Prime Videoʻning yangi epik serialida nafaqat cho‘ponchilikdan shohlikkacha bo‘lgan yo‘lda martaba o‘sishi, balki qurol bilan ishlash qobiliyati haqida ham hikoya qilinadi.

Sinopsis: Dovud choʻponlik hayotidan zavqlanish oʻrniga oʻzini saroy fitnalari, ishqiy munosabatlar va, albatta, Goliaf bilan epik jangga kiradi.


“Президент команды”

Running Point
Janr: komediya, sport.
Premyera sanasi: 27-fevral kuni Netflix platformasida.

Netflix bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangi loyihalar taqdim etmoqda. Gap katta sport va oilaviy biznes olamida o‘zining boyligini isbotlashga urinayotgan ayol Keyt Xadson ishtirokidagi komediya haqida bormoqda. Umuman olganda, biz yoqtirgan hamma narsa — gender tenglik, oilaviy munosabatlar va shaxsiy o‘sish bor, lekin bular yengil va ilhomlantiruvchi syujet ostida koʻrsatiladi.

Sinopsis: bosh qahramon Ayla Gordon butun umri davomida o‘zining shuhratparast akalari soyasida bo‘lgan. Ammo ulardan birini iste’foga chiqishga majbur qilgan janjaldan so‘ng, Ayla kutilmaganda “Los-Anjeles Ueyvz” basketbol jamoasi boʻlgan, oilaviy biznes prezidentiga aylanadi. Endi u jamoani boshqarishga va taqdirning kutilmagan burilishlarini yengishga qodirligini isbotlashi kerak.


“Токсичный город”

Toxic Town
Janr: drama.
Premyera sanasi: 27-fevral kuni Netflix platformasida.

Toʻplamdan oʻrin olgan yakuniy serial ham Netflix kompaniyasiga tegishli. Buyuk Britaniyadagi eng yirik ekologik halokatlardan biri esingizdami? Yo‘q-mi? Hozir eslatib o‘tamiz. Serial “Korbidagi zaharli chiqindilar ishi” deb nomlanuvchi real voqealarga asoslangan. Korbi shahridagi po‘lat quyish zavodi yopilgandan keyin zaharli chiqindilarni noto‘g‘ri qayta ishlanadi. Afsuski, treyler hali e’lon qilingani yo‘q.

Sinopsis: syujetda zaharli chiqindilarni noto‘g‘ri utilizatsiya qilish natijasida farzandlari nuqson bilan tug‘ilgan uchta ona haqida so‘z boradi. Ular mahalliy hokimiyatga qarshi uzoq va mashaqqatli sud kurashiga kirishib, adolat uchun kurashishga va aybdorlarni javobgarlikka tortishga qaror qiladi.


Seriallarning davomi:

“Неуязвимый”, 3-mavsum, 6-fevral kuni Prime Video platformasida;

“Шершни”, 3-mavsum, 14-fevral kuni Paramount+ platformasida;

“Белый лотос”, 3-mavsum, 16-fevral kuni HBO platformasida;

“Джек Ричер”, 3-mavsum, 20-fevral kuni Prime Video platformasida;

“1923”, 2-mavsum, 23-fevral kuni Paramount+ platformasida;

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev