Zulfiqor Musoqovning yangi filmi tizeri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 246
Zulfiqor Musoqovning yangi filmi tizeri e'lon qilindi

Rejissyor Zulfiqor Musoqovning yangi “Fudzi haqida tush” filmining tizeri e’lon qilindi. Kinokartina psixologik janrda bo‘lib, to‘liq metrajli badiiy film hisoblanadi.

Filmda bosh qahramon psixolog ayol Umidaning atrofida sodir bo‘layotgan voqealar yoritib beriladi. Unda Ra’no Shodiyeva, Feruza Saidova, Mahliyo Asqaraliyeva, Karim Mirxodiyev, Bobur Yo‘ldoshev, Ubaydullo Omon kabi aktyorlar jamoasi rol ijro etgan.

Avvalroq ushbu badiiy filmining suratga olish ishlari boshlangani haqida xabar berilgandi.