"Fantastik to‘rtlik" filmining birinchi tizeri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 231
"Fantastik to‘rtlik" filmining birinchi tizeri e'lon qilindi

Marvel Studios kinokompaniyasi yangi “Fantastik to‘rtlik"ning debyut tizerini taqdim etdi. “Ilk qadamlar” nomi ostida chiqadigan kinokomiks 25-iyul kuni kinoteatrlarda premyera qilinadi.

Filmda bosh rollarni Pedro Paskal (Mister Fantastik), Vanessa Kirbi (Ko‘rinmas ayol), Jozef Kuinn (Mash'al odam) va Ebon Moss-Bakrak (Tosh-odam) ijro etgan. Syujet voqealari 1960-yillardagi retrofuturizmdan ilhomlanilgan Yerda boʻlib oʻtadi. “Fantastik toʻrtlik” a’zolari sayyorani makkor Galaktus (Ralf Aineson) va Kumush syorferdan (Julie Garner) himoya qilishi kerak.

Ikkinchi planda Jon Malkovich, Natasha Lionn, Pol Uolter Xauser va boshqalar rol o‘ynagan. Rejissyor Mett Shekman (“Vanda/Vijn”) hisoblanadi. “Fantastik toʻrtlik"ning eng mashhur kino versiyalari 2005, 2007 va 2015-yillarda chiqarilgan.