Aktyor Husan Musaboyev 71 yoshida vafot etdi
E’lon qilingan sana: · 784

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, komedik rollari bilan mashhur boʻlgan Husan Musaboyev 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Husan Musaboyev o‘zining komedik rollari, xususan, “Televizion miniatyuralar teatri"dagi rollari bilan tomoshabinlar orasida tanilgan.
Shuningdek, u “Ajoyib xayolparast”, “Bozor ko‘rmagan yigit”, “Anora”, “Hayot mamot”, “Men bu men”, “O‘g‘rigina kelin”, “Er bermoq — jon bermoq”, “Jiblajibon”, “Aldamadim, hazillashdim”, “Ana xolos!”, “Super xizmatkor”, “Yasha, xotin!” kabi ko‘plab filmlardagi rollari bilan muxlislarning yodida qolgan.