Rossiyada mashhur "Sevgi iztirobi" turk serialining mahalliy talqini suratga olinadi

E’lon qilingan sana· 487
Rossiyada mashhur "Sevgi iztirobi" turk serialining mahalliy talqini suratga olinadi

“Sevgi iztirobi” (Kara sevda) turk seriali dunyo bo‘ylab eng mashhur serial loyihalari ro‘yxatiga kirgan. Aytish joizki, aynan shu ko‘p qismli asar Turkiyada birinchi bo‘lib “Emmy” mukofotini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

“Qalb eshigimni qoq” serialining ruscha versiyasidan so‘ng, rossiyalik kinoijodkorlar yana bir mashhur loyihani qayta suratga olishga qaror qilishdi. NORM Production kompaniyasi “Sevgi iztirobi” serialini adaptatsiyasi bilan shug‘ullanadi.

Mazkur remeyk haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q. Biroq, birinchi mavsumning 85 qismdan iborat bo‘lishi va uning premyerasi 2026-yildan oldin bo‘lmasligi ma’lum.

Original (turk) versiyasida bosh rollarni Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul va Kaan Urg‘anchio‘g‘li ijro etishgan. Rossiya yulduzlardan kimlar ularning o‘rnini egallashi hali noma’lum. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari O‘zchivit yana Kamal roliga qaytishi mumkinligi haqida hazillashmoqda, chunki u ilgari ham rossiyalik kinolentalarida suratga tushgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling