«Рэкетир. Новые времена» filmining Toshkentda premyerasi bo‘lib o‘tdi

13-fevraldan boshlab filmni poytaxt kinoteatrlarida tomosha qilish, chiptalarni esa Afisha.uz saytidan xarid qilish mumkin.
“Рэкетир. Новые времена” Akan Satayev tomonidan suratga olingan mashhur qozoq dramasining uchinchi qismi hisoblanadi.
Birinchi film 2007-yilda ekranga chiqdi, 2015-yilda ikkinchi qismi namoyish etildi va nihoyat, 6-fevral kuni Moskvada yopiq ko‘rsatuv bo‘lib o‘tdi. Uning ortidan, 8-fevral kuni Toshkentda ham yopiq namoyish tashkil etildi. Unda filmni taqdim etgan ijodiy jamoa ishtirok etdi.
Premyera “Yulduz” kinoteatrida bo‘lib o‘tdi, unga — kino sanoati vakillari, ishbilarmonlar va bloggerlar tashrif buyurdi.
13-fevraldan boshlab filmni poytaxt kinoteatrlarida tomosha qilish, chiptalarni esa Afisha.uz saytidan xarid qilish mumkin.