"Betmen 2" filmining suratga olish ishlari qachon boshlanishi ma'lum boʻldi

E’lon qilingan sana· 657
"Betmen 2" filmining suratga olish ishlari qachon boshlanishi ma'lum boʻldi

Robert Pattinson bosh rolni ijro etgan “Betmen 2” filmining suratga olish jarayonlari qachon boshlanishi ma’lum boʻldi. Bu haqda Deadline nashri xabar berdi.

“Biz hali (suratga olish jarayonini) boshlaganimiz yo‘q. Yil oxirida”, — dedi aktyor intervyusida.

Birinchi “Betmen” 2022-yilda debyut qilgan va dunyo bo‘ylab 772 million dollar yig‘gan. Filmning davomini suratga olish muntazam ravishda, shu jumladan, Gollivuddagi ish tashlashlar fonida kechiktirilgandi.

Ikkinchi qismga Mett Rivz rejissorlik qiladi. Aktyorlar tarkibida Pattinsondan tashqari Zoe Kravits (mushuk ayol), Kolin Farrell (Pingvin) va Endi Serkis (saroy xizmatkori Alfred) ham bor. Premyera sanasi 2027-yil 1-oktyabrga moʻljallangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling