"Dyuna" filmining uchinchi qismi suratga olish ishlari iyun oyida boshlanishi mumkin

“Dyuna” filmining uchinchi qismi suratga olish ishlari 2025-yil iyun oyida boshlanadi. Bu haqda Deadline nashri jurnalisti ma’lum qildi.
Warner Bros. studiyasi mish-mishlarga izoh bermadi. Kinokartinaning premyera sanasi hali noma’lum. Deni Vilnyev rejissyorlik kursiga qaytadi va trikvel uning rahbarligida suratga olingan franshizaning so‘nggi filmi bo‘ladi.
Film voqealari ikkinchi qismdan 12 yil o‘tgach sodir bo‘ladi va Pol Atreydesning hukmronligi haqida hikoya qiladi. Unga Frank Gerbertning shu nomdagi romani asos qilib olinadi. Rollarga Timoti Shalame, Zendeya, Florens Pyu, Anya Teylor-Joy va boshqalar qaytishi mumkin.
“Dyuna"ning birinchi qismi 2021-yilda, ikkinchi qism esa 2024-yilda premyera qilingan. Ikkala kartina ham jahon prokatida 1,1 milliard dollar yiqqandi.