“Shrek 5” multfilmining tizeri va birinchi promokadrlari e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 1 173
“Shrek 5” multfilmining tizeri va birinchi promokadrlari e'lon qilindi

Tizerda rossiyalik dizayner tomonidan yaratilgan Shrek in the Sky virusli TikTok filtridan foydalanilgan.

Universal Pictures studiyasi “Shrek” multfilmining beshinchi qismi tizerini ilk promo kadrlari bilan e’lon qildi.

Tizerda tomoshabinlar tanish qahramonlarni ko‘rishi mumkin. Bular, Shrek, Fiona, Eshak va Pinokkio. Bundan tashqari, Shrek va Fionaning voyaga yetgan qizi — aktrisa va qo‘shiqchi Zendeya tomonidan dublyaj qilingan Felisiya ham namoyish etilgan.

Mayk Mayers (Shrek), Eddi Myorfi (Eshak) va Kemeron Dias (Fiona) o‘z rollariga qaytadi. Loyiha rejissyorlari sifatida avval franshiza ustida ishlagan Uolt Dorn va Konrad Vernon tayinlangan.

Qizig‘i shundaki, tizerda krasnoyarsklik rus dizayneri Maksim Kuzlin tomonidan yaratilgan Shrek in the Sky TikTok filtridan foydalanilgan. Filtr avvalroq virusga aylanib, 8 millionga yaqin TikTok videolari yaratilgandi.

Animatsion film premyerasi 2026-yil dekabr oyida boʻlib oʻtishi va “DreamWorks Animation” kompaniyasining 25 yilligiga to‘g‘ri kelishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling