Anons

Turkiyalik prodyuser Timur Savchi bilan ijodiy uchrashuv

E’lon qilingan sana· 218
Turkiyalik prodyuser Timur Savchi bilan ijodiy uchrashuv

Milliy kino san’ati saroyida turkiyalik prodyuser Timur Savchi bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtadi.

Timur Savchi — turk va jahon kino hamda serial industriyasida mashhur prodyuser bo‘lib, o‘z faoliyatini “Ishkomli uy” (Asmalı Konak) teleserialida koprodyuser va loyiha koordinatori sifatida boshlagan.

Keyinchalik u “TIMS Productions” kompaniyasiga asos solib, ko‘plab film va seriallarni suratga olgan. “Muhtasham yuz yil” (Muhteşem Yüzyıl), “Kosem” (Kösem), “Boshqa biri” (Bambaşka Biri), “Gulpari” (Gülperi), “Choliqushi” (Çalıkuşu) kabi mashhur loyihalar shular jumlasidan.

Kirish bepul.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 77−287−8888.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval