Alisher Uzoqov rol oʻynagan "Yoʻl" seriali premyera qilinadi
E’lon qilingan sana: · 496

Alisher Uzoqov bosh rollardan birini ijro etgan “Yoʻl” seriali bugun, 18-mart kuni soat 18:30 da"Mening Yurtim" telekanalida premyera qilinadi. Bu haqda aktyor oʻz Instagram sahifasida xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Alisher Uzoqov ushbu loyihada prodyuser sifatida ham ishlagan.
“Nimaga kinoda yo‘qsiz?” Bugun premyera, o‘rtoqlar. Faoliyatim davomida eng qiynalgan loyihalarimdan bo‘ldi. Bu serialni shunchaki suratga olmadik. Hammaga rahmat, men qo‘limdan kelganicha prodyuser sifatida hammani rozi qilishga harakat qildim. Qiyin bo‘ldi", — deya yozib qoldirgan Alisher Uzoqov.
Bundan tashqari, serialda Otabek Haqberdiyev, Tolib Moʻminov, Asadillo Nabiyev, Munisa Magomed va boshqalar ijro etgan. Rejissyor sifatida Mansur Vasati ish olib borgan.