“Bir kuni Samarqandda” filmi premyerasi boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 414
“Bir kuni Samarqandda” filmi premyerasi boʻlib oʻtadi

O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida (sobiq Panorama) Kinematografiya agentligi va Qirg‘iziston Kinematografiya departamenti hamkorligida suratga olingan “Bir kuni Samarqandda” badiiy filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Filmda Samarqandga Amir Temur davri yodgorliklarini olib kelgan uch nafar tarixchi (o‘zbek, qirg‘iz, qozoq)lar haqida hikoya qilinadi. Kinokartina qahramonlari nomaʼlum shaxslar tomonidan o‘g‘irlangan bebaho eksponatlarni qaytarishni maqsad qilishadi va jinoyatchilarning izidan tushishadi.

Nayzabek Sidiqov rejissyorligidagi filmda rollarni Muhammadiso Abdulxairov, Sayfiddin Meliyev, Nurbek Esengazi, Aysanat Edigeyeva kabi aktyor va aktrisalar ijro etgan.

Film premyerasi 29-mart kuni soat 15:00 da boʻlib oʻtadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling