Tor va Loki qaytadi, Robert Dauni yangi rolda: "Qasoskorlar"da kimlarni koʻramiz?

E’lon qilingan sana· 131
Tor va Loki qaytadi, Robert Dauni yangi rolda: "Qasoskorlar"da kimlarni koʻramiz?

Marvel kinokompaniyasi “Qasoskorlar” (“Avengers: Doomsday”) filmining yangi qismida rol oʻynaydigan ba’zi aktyorlarni e’lon qildi.

Unga koʻra, Kris Xemsvort Tor roliga, Entoni Maki Sem Uilson / yangi Kapitan Amerika roliga, Sebastyan Sten Baki Barns roliga, Pol Radd Chumoli odam roliga, Tom Hidlston Loki roliga qaytadi.

Qasoskorlar tarkibiga ilk bor Vanessa Kirbi (Syu Shtorm), Letisiya Rayt (Shuri), Uayatt Rassel (AQSh agenti), Ebon Moss-Bahrah (Ben Grimm), Lyu Simu (Shang-Chi) va Florens Pyu (Yelena Belova) qo‘shiladi. Shuningdek, kinokartinada “Qora pantera” filmida antagonist Namor rolini oʻynagan Tenoch Uerta va boshqalar koʻrinish beradi.

2024-yil iyul oyida Robert Dauni yovuz Doktor Dum rolida paydo bo‘lishi ma’lum qilingandi. Anons videoda aktyorning oʻzini koʻrish mumkin.

Marvel 2-may kuni “Thunderbolts*”, 25-iyul kuni esa “Fantastik to‘rtlik: Ilk qadamlar” filmlarini premyera qiladi. “Qasoskorlar” filmi esa 2026-yil 1-mayda ekranlarga chiqadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling