"Rik va Morti" multserialining yangi mavsumi qachon chiqishi ma'lum boʻldi
E’lon qilingan sana: · 142

Adult Swim kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan “Rik va Morti” multserialining yangi 8-mavsum premyerasi 25-may kuni boʻlib oʻtadi. Animatsion serialning tizeri e’lon qilindi.
Rolikda Rik va Morti gʻalati odamlar joylashgan sayyoraga boradi va u yerda Pasxa quyonini qidirayotgan bir guruh izquvarlarga duch keladi.
Sakkizinchi mavsumning sinopsisida “Hayotga yana ma’no qaytdi! Sammer, Jerri, Bet va boshqa Bet ishtirokidagi yangi sarguzashtlarni kuting. Balki Batter Bot yangi topshiriq olar? Nima bo‘lishidan qat’i nazar, Rik va Mortini uzoq vaqt ushlab turib bo‘lmaydi”, deya ta’kidlangan.
“Rik va Morti” multseriali ilk bor 2013-yilda premyera qilingandi.