"Jon Uik 5" filmi suratga olinadi

E’lon qilingan sana· 141
"Jon Uik 5" filmi suratga olinadi

Las-Vegasdagi CinemaCon anjumanida Lionsagte studiyasining bo‘lajak loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Kianu Rivz bosh rolni ijro etgan “Jon Uik” franshizasining beshinchi qismi suratga olinishi haqida xabar berildi.

Syujet tafsilotlari va filmning premyera sanasi hozircha noma’lum. Kianu Rivz bosh rolga qaytadi. Shuningdek, avvalgi qismlar ustida ishlagan Chad Staxelski yana rejissyorlik kursini egallaydi.

“Jon Uik” filmining birinchi qismi 2014-yilda premyera qilingan. Hozirgacha franshiza doirasida 4 ta film chiqqan. Ma’lumot uchun, ularning umumiy daromadi 1 milliard dollardan oshgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling