"Garri Potter" serialida rol ijro etadigan bir qator aktyorlar tasdiqlandi

Serial J.K. Roulingning yetti kitobi asosida suratga olinadi. Har bir mavsumda bir kitobdagi voqealar namoyish etiladi. J.K. Rouling loyihada ijrochi prodyuser sifatida ishlaydi. Suratga olish ishlari 2025-yilning yozida boshlanadi. Birinchi mavsum premyerasi 2027-yilda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
HBO “Garri Potter” serialida o‘qituvchilar rolini o‘ynaydigan aktyorlar ismini rasman e’lon qildi.
Unga koʻra:
- Jon Litgou — Albus Dambldor;
- Janet Maktir — Minerva Makgonagall;
- Paapa Essedu — Severus Sneyp;
- Nik Frost — Hagrid;
- Lyuk Tellon — professor Kvirrel;
- Pol Uaytxaus — Argus Filch rolini oʻynaydi.
Ushbu tarkibdan faqat Lyuk Tallon kinoda debyut qiladi. Garri Potter, Germiona Grenjer va Ron Uizli rollari uchun kasting hali ham davom etmoqda. HBO ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu rollar uchun 30 mingdan ortiq ariza topshirilgan.
Serial J.K. Roulingning yetti kitobi asosida suratga olinadi. Har bir mavsumda bir kitobdagi voqealar namoyish etiladi. J.K. Rouling loyihada ijrochi prodyuser sifatida ishlaydi. Suratga olish ishlari 2025-yilning yozida boshlanadi. Birinchi mavsum premyerasi 2027-yilda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Afisha.uz oldinroq serialning taxminiy premyera sanasidan tortib, aktyorlar jamoasi va ular atrofidagi mish-mishlargacha xabar bergandi.