“Ustasi faranglar 3” filmining birinchi treyleri e'lon qilindi

Jessi Ayzenberg, Vudi Xarrelson, Isla Fisher va Deyv Franko oʻz rollariga qaytgan.
“Lionsgate Movies” kinokompaniyasi “Ustasi faranglar 3” filmining birinchi treylerini e’lon qildi.
Filmning syujeti Daniel Atlas tomonidan korrupsiyaga botgan oilaning bebaho olmosini o‘g‘irlash uchun to‘plangan yosh koʻzboʻyamachilarning yangi jamoasi atrofida aylanadi. Asl chavandozlar, kelishmovchiliklarga qaramay, yangi kelganlarga yordam berish va “Oko” jamiyatining yangi sirlarini ochish uchun birlashadi.
Filmni “Zombilendga xush kelibsiz” va “Vena” filmlari bilan tanilgan Ruben Fleysher suratga olgan. Jessi Ayzenberg, Vudi Xarrelson, Ayla Fisher va Deyv Franko o‘z rollariga qaytgan. Yangi qahramonlarni Dominik Sessa, Jastis Smit, Ariana Grinblatt ijro etgan.
Film jahon prokatiga 14-noyabr kuni chiqariladi.