Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar

E’lon qilingan sana· 134
Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar

Oʻzbekiston kinoteatrlarida “Momaqaldiroqlar* fantastik filmi, “Азартник” qozoq kriminal dramasi , Nikolas Keyj ishtirokidagi “Сёрфер” trilleri va boshqa yangi filmlar kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi.


“Громовержцы*”

Yovuzlar guruhi hukumatning buyrug‘i bilan vazifani bajarishga jo‘natiladi.

Chiptalarni sotib olish.


“Азартник”

Nurik oddiy ishchi bo‘lib, kunduzi yuk tashuvchilik qiladi, bo‘sh vaqtida esa taksi haydaydi. Ilgari u qimor o‘yinlariga mukkasidan ketgan edi, lekin xotinining yordamida bu odatni tashlashga erishdi. Bir kuni do‘stlari uni masxara qila boshlaydi, og‘ir hayotiy sharoitlar esa uni yana qarta stoli ortiga qaytishga majbur qiladi. Xotinidan yashirincha o‘ynashni boshlagan Nurik anchagina pul topib, kvartira va mashina sotib oladi, hayoti izga tushgandek tuyuladi. Biroq, omad uzoqqa cho‘zilmaydi, chunki shaharga Turkiyadan Kamal ismli professional qimorboz tashrif buyuradi.

Chiptalarni sotib olish.


“Сёрфер”

Ko‘p yillar AQShda yashaganidan so‘ng, bir erkak tinch va osoyishta hayot izlab Avstraliyadagi ona shahriga qaytadi. Biroq u o‘smir o‘g‘lini bezovta qilayotgan serfingchilar to‘dasiga duch keladi. Erkak ular bilan shafqatsiz kurashga kirishadi, ammo bu mojaroning qanday oqibatlarga olib kelishini bilmaydi.

Chiptalarni sotib olish


“Сокровища гномов”

Roma — tipik sarguzashtchi, biroq uning hayotida ko‘p narsa o‘ngidan kelmaydi: ajralish, biznes muammolari. Umidsizlikdan va qarzlarini uzish umidida u aldovga qo‘l uradi — o‘zini dala hovlidagi yolg‘iz qo‘shnisi cholning vasiyatnomosiga kiritadi. Roma uy va yer uchastkasi bilan birga… to‘rtta tirik gnom olishini xayoliga ham keltirmaydi. Ammo muloyim yordamchilar o‘rniga u o‘jar, g‘uddiranchiq va yoqimsiz hamrohlarga duch keladi, ular unga unchalik ishonishmaydi ham.

Chiptalarni sotib olish


“Маракуда”

Qabila sardori Marakudaning o‘g‘li haqiqiy jangchiga aylanishi kerak edi, ammo u ov qilishni mutlaqo bilmas va otasini umidsizlantirardi. Marakuda yolg‘iz o‘zi o‘rmonga yo‘l oladi va muqaddas Tink qushini uchratadi. Bu qush unga hayvonlar va qushlar tilini tushunish qobiliyatini in’om etadi. Marakuda va Tink izzat-ikrom bilan uyga qaytadilar. Bola esa an’anaga ko‘ra qabilaning ravnaqi uchun muqaddas qushni qurbon qilish kerakligidan bexabar.

Chiptalarni sotib olish.


“В списках не значился”

1941-yil 21-iyuni. Yosh leytenant Kolya Plujnikov doimiy xizmat joyiga tayinlanib, Brestga yetib keladi. Vokzalning to‘lib-toshgan kutish zallari va yuk-jomalari bilan o‘ralgan odamlar to‘dasi quvonchli umidlarga to‘la yigitni xavotirga solmaydi. Kolya o‘z qismi joylashgan Brest qal’asiga shoshiladi… Askarni shaxsiy tarkibga kiritishga ulgurishmaydi, ertalab soat to‘rtda artilleriya o‘qlari portlay boshlaydi — urush boshlanib ketadi. U Brest qal’asi harbiy xizmatchilar safiga rasman kiritilmagan bo‘lsa-da, baribir hayotidagi ilk jangda ishtirok etadi. Bu jang o‘n oy davom etadi.

Chiptalarni sotib olish


“Оно. Новая глава”

Psixiatr Sintiya Uinston o‘zgalarning ong ostiga kirib borish qobiliyati kabi noyob iste’dodga ega. Uning eshigi oldida qo‘rquvdan titrayotgan Rayli ismli qiz paydo bo‘ladi va uni yovuz bir mavjudot ta’qib qilayotganini aytadi. Rayling ongiga nazar tashlagach, Sintiya qizni azoblayotgan maxluq juda kuchli va och ekanligini hamda u bilan olishish nafaqat Rayli, balki boshqalar uchun ham xavf tug‘dirishini anglaydi. Inson ruhiyatining tub-tubida allaqanday qadimiy va yovuz narsa yashirinib yotibdi, u tashqariga otilib chiqishga va yo‘lida duch kelgan barcha narsani yutib yuborishga shay.

Chiptalarni sotib olish.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling