“Daydi shamol” filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi 

E’lon qilingan sana· 84
“Daydi shamol” filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi 

Milliy kino san’ati saroyida 8-may kuni soat 18:00 da “Daydi shamol” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi. Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.

Film syujeti kiberjinoyatchilikning odamlar hayotiga va butun jamiyatga bo‘lgan tahdidlari haqida hikoya qiladi.

Kinokartinada rollarni Shohnur Saydahmadov, Asal Shodiyeva, Yigitali Mamajonov, Gulruxsor Toxirjonova, Hasan Habibullayev, Umid Uzoqov, Boyir Xolmirzayev, Bobur Yoʻldoshov hamda Firdavs Aripov kabi aktyorlar ijro etgan.

Filmda ssenariy muallifi Sanjar Matkarimov, postanovkachi rejissyorlar Sanjar Matkarimov va Azamat Nurmatov.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling