Marvel "Thunderbolts*" filmi nomidagi yulduzcha ma'nosini oshkor qildi

Marvel “Thunderbolts*” filmi nomidagi yulduzchaning ma’nosini oshkor qildi. Studiya hozirda barcha reklama posterlarini oʻzgartirib chiqmoqda.
Ushbu yulduzchaning ma’nosida kinokartinaga spoyler mavjud (agar uni endi koʻrish niyatida boʻlsangiz, ushbu xabarni oʻqimaslikni tavsiya qilamiz).
Namoyish arafasida muxlislarda filmning nomida nima uchun yulduzcha borligi haqida savollar yuzaga keldi. Bunga kinoning oxirida javob berilgan bo‘lib, u MKOning keyingi bosqichini boshlab berishi ma’lum bo‘lgan.
Kinokartina finalida Nyu-Yorkni yovuz qahramondan qutqargandan so‘ng, Yelena Belova, Baki Barns, AQSH agenti, Qizil qo‘riqchi, Arvoh va Tasmasterdan iborat antiqahramonlar jamoasi matbuot anjumaniga kiradi. Unda aytilishicha, jamoa “Yangi qasoskorlar” nomini oladi va eski jamoaning binosida yashaydi.
Marvel kinokompaniyasi oldinroq “Qasoskorlar” (“Avengers: Doomsday”) filmining yangi qismida rol oʻynaydigan ba’zi aktyorlarni e’lon qilgandi. Shuningdek, filmning suratga olish ishlari boshlangani ham ma’lum qilingan.