Zulfiqor Musoqovning yangi filmi namoyishi boshlandi

E’lon qilingan sana· 394
Zulfiqor Musoqovning yangi filmi namoyishi boshlandi

Milliy kino san’ati saroyida rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan yangi “Umida (Fudziyama haqida tush)” filmining namoyishi boshlandi.

Filmda rollarni Feruza Saidova, Mahliyo Asqaraliyeva, Otabek Musayev, Karim Mirxodiyev, Fotima Rejametova, Baxriddin Abdullayev, Ubaydulla Omon, Nigora Karimboyeva, Ra’no Shodiyeva kabi aktyorlar ijro etgan.

Kinokartina o‘z kasbiga sodiq, odamlarga haqiqiy psixologik yordam ko‘rsatadigan ayol — Umida haqida. U shifokor, o‘z ishining ustasi, oila bekasi, dilbar ayol sifatida namoyon bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Afisha.uz avvalroq ushbu film boʻyicha taqriz e’lon qilgandi. Shuningdek, Afisha.uz'ning “Kino” boʻlimi orqali bu va boshqa kinokartinalarga chiptalarni xarid qilish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling