Amir Temur haqidagi film yozda premyera qilinishi mumkin

E’lon qilingan sana· 755
Amir Temur haqidagi film yozda premyera qilinishi mumkin

Amir Temur haqida ishlanayotgan kinokartinaning suratga olish ishlari yakunlandi. Bu haqda filmning Instagram sahifasida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, kinokartinada Amir Temurning hayoti va hokimiyat tepasiga kelishi haqida hikoya qilinadi. Ijodkorlarning so‘zlariga ko‘ra, kartina buyuk sarkardaning yuksalishi haqidagi epik hikoyani tarixiy aniqlik va o‘sha davr muhitiga alohida e’tibor qaratgan holda yetkazadi.

“Biz mintaqadagi eng muhim shaxslardan birining kinematografik tasvirini aynan u yashagan va jang qilgan joyda gavdalantirdik”, — deya ta’kidlaydi film yaratuvchilari.

Film rejissyori Jeykob Shvars, ssenariy muallifi esa Metyu Grin. Amir Temur rolini Kristian Mortensen, amir Husayn rolini Mahesh Jadu, Aljay rolini o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova ijro etgan.

Film ustidagi ishlar 2022-yil oxirida boshlangan. Suratga olish ishlari O‘zbekiston va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan. Ayni paytda film postprodakshn bosqichida boʻlib, premyera 2025-yil yozining oxirida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling