Kann kinofestivalida eronlik rejissyor Ja'far Panohiy filmi gʻolib boʻldi

24-may kuni 78-Kann kinofestivali yakunlandi, unda eronlik rejissyor Ja’far Panohiy g‘alaba qozondi. Uning “Un Simple Accident” filmi bosh sovrin — “Oltin palma yaprogʻi"ga sazovor bo‘ldi. Absurd komediya va psixologik drama elementlarini o‘zida mujassam etgan bu filmda mashina tuzatish ustaxonasi egasi o‘zining sobiq jallodi deb hisoblagan odam bilan to‘qnashuvi haqida hikoya qilinadi.
15 yildan ortiq vaqtdan beri Eronni tark etish taqiqlangan Panohiy filmni Tehronda qat’iy maxfiylikda suratga olgan. Sovrinni qabul qilgandan keyingi nutqida u mukofotni Eron xalqiga bag‘ishlashini aytdi va ozodlik uchun kurashda birdamlikka chaqirdi.
Asosiy tanlovning hakamlar hay’atiga fransuz aktrisasi Julyet Binosh boshchilik qildi. Hakamlar hay’ati tarkibiga Xolli Berri, Jeremi Strong, Payal Kapadiya, Alba Rorvacher va turli mamlakatlardan boshqa kino arboblari ham kirdi. Quyida barcha gʻoliblar roʻyxati keltirilgan.
Asosiy gʻoliblar
- “Oltin palma yaprogʻi”: “Un Simple Accident” (Jafar Panohi).
- Gran-pri: “Sentimental Value” (Yoakim Triyer).
- Hakamlar sovrini: “Sirat” (Oliver laks) va “Sound of Falling” (Masha Shilinski).
- Eng yaxshi rejissyor: Kleber Mendonsa Filyo “The Secret Agent” (Braziliya) filmi uchun.
- Eng yaxshi aktrisa: Nadya Melleti “The Little Sister” (Hafsiya Herzi) filmi uchun.
- Eng yaxshi aktyor: Vagner Moursa “The Secret Agent” (Braziliya) filmi uchun.
- Eng yaxshi ssenariy: Jan-Pyer va Lyuk Dardenn “Young Mothers” filmi uchun.
- Eng yaxshi debyut: “President's Cake” (Xasan Hadi).
- Eng yaxshi qisqa-metrajli film: “I'm Glad You’re Dead Now” (Taufik Barhom).
“Maxsus nigoh” dasturi
- Eng yaxshi film: “Mysterious Gaze of the Flamingo” (rejissyor Diego Sespedes).
- Hakamlar hay’ati mukofoti: “Un Poeta” (rejissyor Simon Mesa Soto).
- Eng yaxshi rejissyor: Arab va Tarzan Nosir “Once Upon a Time in Gaza” filmi uchun.
- Eng yaxshi aktrisa: Kleo Diara “I Only Rest in the Storm” filmidagi roli uchun.
- Eng yaxshi aktyor: Frenk Dillan “Tearaway” filmidagi roli uchun.
- Eng yaxshi ssenariy: “Pillion” (rejissyor Garri Layton).
- Faxriy “Oltin palma yaprogʻi” mukofotlari Robert De Niro va Denzel Vashingtonga kinoga qoʻshgan ulkan hissasi uchun topshirildi.