2024-yilning eng yaxshi animelari e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 566
2024-yilning eng yaxshi animelari e'lon qilindi

25-may kuni Tokioda “Crunchyroll Anime Awards 2025” taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda 2023-yil oktabridan 2024-yil dekabrigacha chiqarilgan eng yaxshi anime loyihalariga mukofotlar topshirildi.

Asosiy gʻolib koreys manxvasi “Solo leveling"ning adaptatsiyasi bo‘lib, rekord darajadi — to‘qqizta mukofotni, jumladan, “Yil animesi"ni ham qo‘lga kiritdi.

Asosiy gʻoliblar

  • Yilning eng yaxshi animesi: “Solo leveling”;
  • Eng yaxshi yangi serial: “Solo leveling”;
  • Eng yaxshi ekshn-anime: “Solo leveling”;
  • Eng yaxshi bosh qahramon: Sung Jinwoo (“Solo leveling”);
  • Eng yaxshi saundtrek: Hiroyuki Sawano (“Solo leveling”);
  • Eng yaxshi yakun: request — Krage (“Solo leveling”);
  • Eng yaxshi original serial: “Ninja Kamui”;
  • Eng yaxshi toʻliq metrajli anime: “Look back”;
  • Eng yaxshi sikvel: Demon Slayer: Kimetsu no Yaiba”;
  • Eng yaxshi animatsiya: “Demon Slayer: Kimetsu no Yaiba”
  • Eng yaxshi rejissyor: Keiichiro Saito (“Frieren: Beyond Journey’s End”);
  • Eng yaxshi yordamchi qahramon: Fern (“Frieren: Beyond Journey’s End”);
  • Animedagi eng yaxshi qoʻshiq: Otonoke — Creepy Nuts (“Dandadan”);
  • Eng yaxshi qahramon dizayni: “Dandadan”
  • Eng yaxshi romantik anime: “Blue Box”;
  • Eng yaxshi komedik anime: “Mashle: Magic and Muscles”;
  • Eng yaxshi kundalik janridagi anime: “Too Many Losing Heroines!”
  • Eng yaxshi dramatik anime: “Frieren: Beyond Journey’s End”
  • Eng yaxshi isekay: “Re: Zero — Starting Life in Another World ”;
  • Eng yaxshi ovoz aktyori (yaponcha): Aoi Yuuki (Maomao, “The Apothecary Diaries”);
  • Eng yaxshi ovoz ijrochisi (ingliz tili): Aleks Le (Sung Jinwoo, “Solo leveling”).

Jahon pop-madaniyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani uchun “Titanlar hujumi” birinchi marta qo‘lga kiritgan yangi “Global Impact Award” mukofoti alohida e’tiborni tortdi. Marosim bu yilgi ovoz berishlar soni bo‘yicha rekord oʻrnatdi. Gʻoliblarni tanlashda butun dunyo bo‘ylab 51 milliondan ortiq muxlis ishtirok etdi. Tadbir mehmonlari orasida Jey Balvin, Keysi Masgreyvs kabi mashhurlar va “Stranger Things” seriali aktyorlari ham bor edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling