“Wicked: For Good” filmining birinchi treyleri e'lon qilindi

Universal Pictures kompaniyasi brodvey myuzikli “Wicked” filmining davomi uchun treylerni taqdim etdi.
Loyiha birinchi sahnalashtirilgan filmning davomiy voqealarini yoritadi. Elphaba va Glinda o‘zlarining yangi qiyofalarini — G‘arbning Yovuz Jodugari va Shimolning Ezgu Jodugari sifatida qabul qilganidan so‘ng ularning xatti-harakatlari oqibatida butun Oz mamlakatining abadiy o‘zgartirib yuborishili tasvirlanadi.
Sintiya Erivo, Ariana Grande, Jonatan Beyli, Mishel Yeoh va Jeff Goldblum o‘z rollariga qaytishadi. “Wicked” o‘tgan yili hit bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab 756 million dollar yig‘ishga erishib, Brodveyda eng yuqori daromad keltirgan filmga aylandi. Shuningdek, Loyiha “Oskar” mukofotining 10 ta nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi, jumladan “Eng yaxshi film” va U “Eng yaxshi liboslar dizayni” va “Eng yaxshi sahna bezagi” yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Premyera 26-noyabrda rejalashtirilgan.