“Molxona” multfilmidan ilk lavha taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 143
“Molxona” multfilmidan ilk lavha taqdim etildi

Loyihani Jorj Oruellning xuddi shu nomdagi asari asosida Endi Serkis tomonidan ishlab chiqildi.

Jorj Oruellning shu nomli romani asosida ishlangan Endi Serkisning “Molxona” filmining ilk lavhasi taqdim etildi. Serkis 2011-yildan buyon loyiha ustida shaxsan ishlab kelmoqda.

Filmga ekranlashtirshda, asl nusxadagi kabi, hayvonlar fermada isyon koʻtarib, egasini haydab chiqaradi. Shundan soʻng, kuch choʻchqalarga oʻtadi. Hikoyada Oruell inqilobiy tamoyillar va dasturlarning tanazzulga uchrashini, ya’ni umuminsoniy tenglik va utopiya qurish gʻoyalaridan diktatura va totalitarizmga bosqichma-bosqich oʻtishni koʻrsatgan.

Ssenariyni Nikolas Stoller (“Mappetlar”) moslashtirgan bo‘lib, ovoz beruvchilar tarkibiga Set Rogen, Vudi Xarrelson, Stiv Bushemi, Glenn Klouz, Kiran Kalkin, Jim Parsons va boshqa yulduzlar bor. Serkisning o‘zi ham bir juft personajga ovoz bergan.

Multfilmning jahon premyerasi 9-iyun kuni Annesi xalqaro animatsiya festivalida bo‘lib o‘tadi. Kartina taxminan 11-iyul kuni keng miqyosda namoyish etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling