Apple TV+ “Yoʻqolgan avtobus” filmining ilk tizerini e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 93
Apple TV+ “Yoʻqolgan avtobus” filmining ilk tizerini e’lon qildi

Filmda bosh rolni Metyu Makkonahi ijro etadi.

Apple TV+ va Blumhouse kompaniyalari Metyu Makkonaxi ishtirokidagi “Yo‘qolgan avtobus” filmining ilk tizerini e’lon qildi.

Syujet markazida avtobus haydovchisi Kevin MakKey va o‘qituvchi Meri Lyudvigning shiddatli yong‘in paytida tutun va alangalar orasidan o‘tib, 22 nafar maktab o‘quvchisini xavfsiz joyga olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgani tasvirlangan. Ushbu film loyihasi 2018-yilda yuz bergan real voqealar asosida suratga olingan.

Film rejissyorligini Pol Gringrass (“Kapitan Fillips” filmi muallifi) zimmasiga olgan, ikkinchi bosh rolni esa Amerika Ferrera (“Barbi” filmidagi ijrochi) ijto etadi.

Film premyera kuzda rejalashtirilgan — dastlab cheklangan miqdorda, keyin esa Apple TV+ uchun eksklyuziv tarzda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling