Hafta kinopremyeralari: 12-iyun

E’lon qilingan sana· 811
Hafta kinopremyeralari: 12-iyun

Kinoteatrlarda “Материалистка” komediya melodramasi, Mario Kasas ishtirokidagi “Память сердец” filmi, “Синистер. Из тьмы” treilleri hamda O‘zbekiston kinoprokatining boshqa yangi filmlari namoyishi boshlanmoqda.


“Материалистка”

Professional nikoh agenti Lyusi sevgi haqida hamma narsani bilishiga ishonch hosil qilgan. U yuraklarni mohirona birlashtirsa-da, o‘zi qat’iy bo‘ydoq bo‘lib qolmoqda. Biroq, jozibador millioner Rendi unga ko‘ngil qo‘ya boshlaganda va ufqda yana chiroyli sobiq sevgilisi Jon paydo bo‘lganda, Lyusi haqiqiy muhabbatni hech qanday formula yoki hisob-kitoblar bilan o‘lchab bo‘lmasligini anglab yetadi.

Chiptalarni sotib olish.


“Память сердец”

Iste’dodli zargar Xuan Pablo o‘zining eng sara asarlarini namoyish etish maqsadida Nyu-Yorkka yo‘l oladi. Biroq, uning ko‘nglida nimadir g‘ashlik qilmoqda. Bir paytlar u Seliyaga oshiq bo‘lgan, ammo taqdir ularni ayirgan edi. Shunday bo‘lsa-da, bir necha yil o‘tib, Xuan ularning bir-biriga bo‘lgan tuyg‘ularini qayta uyg‘otish uchun bor kuchini sarflaydi.

Chiptalarni sotib olish.


“Торнадо”

Shafqatsiz qaroqchilar tomonidan otasi o‘ldirilganligi sababli yetim qolgan Tornado, otasining o‘limi uchun qasos olishga intiladi. Bosqinchilar to‘dasi tomonidan talon-taroj qilingan oltinlarni o‘g‘irlab, u adolatni tiklashni va ularning boshiga jazo yog‘dirishni maqsad qilgan. Samuray jang san’atini mukammal egallagan Tornado jinoyat olamiga qarshi chiqib, murosasiz jangga kirishadi. Bu jangning yakuni oldindan ma’lum: faqat bittasi tirik qolishi mumkin.

Chiptalarni sotib olish.


“Артек. Сквозь столетия”

Mitya Neverovskiy afsonaviy general-leytenant avlodi. Biroq, ota-onasi uchun Mitya bosh og‘rig‘i: u oilasi tarixiga mutlaqo bepisand, ajdodlari ulug‘ shaxslar ekanini qadrlamaydi. Ota-onasi Mityani “Artek"ka jo‘natadi. U yerda zerikishi aniq, ammo “Artek-Arena"dagi bayram konsertida qatnashish yosh musiqachi uchun orzu, shuningdek u mashhur reper bo‘lishni istaydi.

Albatta, orzusi ushalishidan oldin Mitya ko‘plab sinovlardan o‘tishi kerak. Birinchi sarguzasht 1925-yilda boshlanadi. Mitya Ptichkin bilan o‘sha davrga tushib qoladi. U yerda ular ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yib, topshiriqni bajarolmaydi. Buning oqibatida vaqt halqasi qahramonlarni 1812-yilga uloqtiradi. Tarix shunchalik o‘zgarishi mumkinki, hozirgi zamonda na “Artek” oromgohi, na Mityaning o‘zi mavjud bo‘lmasligi ehtimoli bor.

Chiptalarni sotib olish.


“Синистер. Из тьмы”

Shvetsiyaning tabiiy qo‘riqxonasida bir ayol g‘oyib bo‘ladi va qo‘riqxona nazoratchisi Angelika o‘zining sobiq yigiti, kinolog bo‘lib ishlaydigan Viktordan yordam so‘raydi. G‘orlarni tekshirish jarayonida ular qasos olishga intilayotgan ruhga duch kelishadi.

Chiptalarni sotib olish.


“Астрал. Остров проклятых”

Bir necha yosh yigit-qizlar yaxta safarida noma’lum bir orolga kelib qolishadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu yerda ilgari ruhiy kasalxona joylashgan ekan. Uning bemorlarining la’natlangan ruhlari qudratli yovuzlik ta’siriga tushib, orolda qamalib qolgan va undan chiqib ketishga urinmoqda.

Chiptalarni sotib olish.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling