"Yura davriga sayohat: Uygʻonish" filmining yangi treyleri e'lon qilindi

Loyihani Garet Edvards suratga olgan. U "Rogue One: A Star Wars Story" va "The Creator" filmlari bilan tanilgan.
Universal Pictures kompaniyasi “Yura davriga sayohat: Uygʻonish” filmining yangi treylerini taqdim etdi.
Voqealar oldingi qism tugaganidan besh yil oʻtgach sodir boʻladi. Dinozavrlarning yashash joylari kichik tropik zonalarga qisqartirildi, ammo maxfiy agent Zora Bennett va paleontolog doktor Genri Lumis boshchiligidagi guruh uchta yirik kaltakesakning qonini olish uchun tashlandiq orolga boradi.Bu dinozavrlarning DNKsi sirli kasallikning kalitini — ehtimol, davosini o‘zida saqlaydi. Ammo, changalzorlarda undan-da xavotirli narsa yashiringan: mutatsiyalar, moslashuvlar va “Distortus Reks” deb nomlangan olti oyoqli dahshatli mutant.
Loyihani “Rogue One: A Star Wars Story” filmi bilan tanilgan Garet Edvards boshchilik qilgan. Asosiy rollarni Skarlett Yoxansson, Mahershala Ali va Jonatan Beyli ijro etgan.Eski tarkibdan hech kim qaytmadi va yangi jamoa franshizani “tiklash"ning yuziga aylanadi.
Premyera 2-iyul kuni boʻlib oʻtadi.