Tom Kruzga faxriy "Oskar" mukofoti topshiriladi

Bu Kruzning faoliyatidagi ilk Oskar boʻladi.
Kino sanʼati va fanlari akademiyasi 16-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan Governors Awards marosimida Tom Kruz kino sanoatiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun faxriy “Oskar” mukofotini olishini maʼlum qildi . Mukofot uning keng qamrovli faoliyati va haqiqiy kino sanʼatining abadiy ruhiga hurmat belgisidir, dedi Akademiya prezidenti Janet Yang.
Toʻrt marta nomzod boʻlishiga qaramay, Kruiz hech qachon raqobatbardosh kategoriyada Oskarni qoʻlga kiritmagan. Endi 62 yoshli aktyor nihoyat oʻziga munosib haykalchani qoʻlga kiritadi. Kruz 2025-yilgi “Governors Awards” mukofotining to‘rt nafar sovrindoridan biri bo‘ladi. U bilan birga xoreograf va aktrisa Debbi Allen hamda sahnalashtiruvchi rassom Uinn Tomas faxriy mukofotlarga sazovor bo‘lishadi. Shuningdek, kantri qo‘shiqchisi Dolli Parton xayriya va adabiyotga qo‘shgan hissasi uchun Jean Hersholt gumanitar mukofotini oladi. Uning “Imagination Library” loyihasi bolalarga 284 milliondan ortiq kitobni bepul tarqatgan.