Oldin va hozir: “Qish sonatasi” seriali aktyorlari 23 yil ichida qanchalik o‘zgardi?

E’lon qilingan sana· 242
Oldin va hozir: “Qish sonatasi” seriali aktyorlari 23 yil ichida qanchalik o‘zgardi?

Rejissyor Yun Sok Xo tomonidan ishlangan “Qish sonatasi” seriali nafaqat Osiyo davlatlarida, balki Yevropada ham “Koreys to‘lqini"ning ilk davrini boshlab bergan asar hisoblanadi. Serial KBS2 telekanali uchun 2022-yilda suratga olingan. Ushbu loyiha aktyorlar Pe Yonjun va Chxve Dji-vu karerasida katta burilish yasagan. Suratga olish ishlari asosan Namiseom kurort oroli va Seulda bo‘lib o‘tgan.

Afisha.uz o‘zbek teletomoshabinlarining qalbidan chuqur joy olgan serial aktyorlar qariyb chorak asr ichida qay darajada o‘zgargani va hozirda nimalar bilan shug‘ullanayotgani haqida batafsil ma’lumot beradi.

Pe Yonjun

  • false
  • false

Serialdagi asosiy qahramon Kang Jun-sang obrazini ijro etgan aktyor Pe Yonjun hozirda 53 yoshda. U ko‘plab teledasturlarda rol o‘ynagan. Pe 2007-yildan keyin aktyorlik faoliyatini to‘xtatgan, ammo KeyYeast boshqaruv agentligi raisi sifatida faolligicha qolmoqda.

U va aktrisa Park Su-jin 2015-yil may oyida unashtirilganliklarini e’lon qildi va 2015-yil 27-iyulda Sheraton Grande Walkerhill mehmonxonasida turmush qurishdi. Er-xotin to‘yga faqat do‘stlari va qarindoshlarini taklif qilishdi va ommaviy axborot vositalariga borishni taqiqlashdi.

Chxve Dji-vu

  • false
  • false

Janubiy Koreyaning eng go‘zal ayollaridan biri hisoblangan aktrisa Chxve Dji-vu serialda Chon Yu-Jin obrazini gavdalantirgan.

2017-yilda san’atkor Noh Xi Kyungning “Dunyodagi eng go‘zal xayrlashuvi” dramasining remeyki bo‘lgan “Eng go‘zal xayr” oilaviy melodramasida rol o‘ynadi.

2019-yilda Chxve tvN dramasining 13-qismida “Crash Landing on You” epizodida o‘zi sifatida paydo bo‘ldi.

Pak Yon-xa

  • false
  • false

O‘zining ziddiyatli xarakteri bilan muxlislarga manzur bo‘lgan Kim San Xyok rolini ijro etgan aktyor Pak Yon-xa 32 yoshida Seul yaqinidagi qishloqchada vafot etgan. Aktyor o‘z joniga qasd qilgan, u kamerani quvvatlash qurilmasi simiga o‘zini osib qo‘ygan.

Aynan 2000 yillarda olamshumul mashhurlikka erishgan san’atkor o‘zining cho‘qqidagi karyerasini saqlab qolish uchun tinimsiz harakat qilishi kerakligi unga kuchli bosim o‘tkazgan. Bundan tashqari, Yon-xaning otasi shu vaqtlarda saraton kasalligi bilan olishgan. U o‘limidan oldin xat qoldirmagan.

Pak Sol-mi

  • false
  • false

Serialdagi yana bir bosh qahramon O Che Rin rolini o‘ynagan aktrisa Pak Sol-mi 1996 yildan beri kino sohasida faoliyat yuritadi. U hozirda 47 yoshda. Aktrisa 2013-yilda oila qurgan, hozirda ikki nafar farzandi bor.

Aktrisa bo‘lishdan tashqari, Pak havaskor pianinochi hamdir. 2005-yilda Yaponiyaning Jaja estrada guruhining konsertiga tashrif buyurganidan so‘ng u guruh bilan chiqish qilish istagini bildirdi va keyinchalik ularning ikkinchi albomida cholg‘u chalishga taklif qilindi. Pak albomning asosiy trekida pianino chalgan va reklama videosida ham paydo bo‘lgan.

Ryu Sin Su

  • false
  • false

“Qish sonatasi"dagi antogonistlardan biri Kvon Yon-guk rolini qoyilmaqom tarzda ijro etgan aktyor Ryu Sin Su hozir 53 yoshda. U so‘nggi marta 2024-yil boshida premyera qilingan rejissyor Kim Yon-gunning “Piknik” filmida suratga tushdi.

Ryu 2009-yilda o‘zining “Menga o‘xshab aktyor bo‘lma” deb nomlangan memorial asarini nashr ettirgan. Kitobda muallif aktyorlik faoliyatining murakkab jihatlari, past-balandliklari va boshqa bir qancha qora tomonlari haqida batafsil hikoya qilgan.

Kvon Xe-Xyo

  • false
  • false

Koreys kinosan’atining eng yorqin yulduzlaridan biri Kvon Xe-Xyo serialda ustoz Kim rolini ijro etgan. Aktyor hozir 59 yoshda, uning ikki nafar farzandi bor. Aktyorlik faoliyatidan tashqari, u aktivistligi bilan ham tanilgan.

Kwon siyosiy va ijtimoiy adolatni himoya qiluvchi bir qator tashkilotlar, jumladan, “Xalqimizni birlashtiring” harakati shtab-kvartirasi, “Oila reyestrini bekor qilish va oila tengligini yaratish” tashkiloti bilan birgalikda faol ravishda ishlagan.

Son Ok-suk

Serialda Jun-sangning onasi Kan Mi Xi rolini ijro etgan aktrisa haqida internet yetarlicha ma’lumotlar mavjud emas. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, u hozirda mahalliy teatrlardan birida faoliyat ko‘rsatadi. Aktrisa 64 yoshda.

Son, shuningdek, 2005-yildan beri Dong-Ah Media va san’at instituti kino san’ati kafedrasida talabalarga dars berib keladi. U professor unvoniga ega. Aktrisa so‘nggi marta “It hammasini biladi” nomli filmda komeo ijro etdi.

Chon Don Xvan

  • false
  • false

Shouda Kim San Xyokning otasi Kim Djin-Vu rolini ijro etgan aktyor ayniq vaqtda 75 yoshda. U 1969-yildan beri professional ravishda aktyorlik faoliyati bilan shug‘ullanib keladi.

Don Xvan hozirda teatrda faoliyat ko‘rsatadi. 2021-yilda u Dostoyevskiyning 200 yilligini nishonlash maqsadida sahnalashtirilgan “Aka-uka Karamazovlar” spektaklida rol ijro etgan. Aktyor ushbu loyihadagi ishtirokidan juda ham faxrlanadi.

Chan Xang-sun

  • false
  • false

Yu-Jinning onasi, mehribon va iltifotli Li Yon Xi serial muxlislarining yodidan chiqmagan bo‘lsa kerak. Aktrisa hozirda 69 yoshda. U 1975-yildan beri sahnada faoliyat yuritadi.

1974-yilda u MBC telekanalining “Bosh inspektor” ko‘rsatuvida aktyorlik faoliyatini boshlagan. So‘nggi o‘n yil davomida u 10 dan ortiq mukofotga sazovor bo‘ldi va 30 dan ziyod filmda rol ijro etdi.

Li Jun-ik

  • false
  • false

“Qish sonatasi"da boshliq Min rolini ijro etgan aktyor hozirda 78 yoshda. U serialda serialdagi asosiy konfliktlar va romantik chiziqlarda bevosita ishtirok etmasa-da, hayotiy kontekst va real ish muhitini yaratishda muhim rol o‘ynagan.

U 2018-yilda rejissyor Li Jun-ik tomonidan suratga olingan “Mening qishlog‘imda kun botishi” romantik melodramasida asosiy qahramonning otasi rolini ijro etdi. Aktyor so‘nggi yilarda nafaqada bo‘lib, film va loyihalarda faol tarzda qatnashmayapti.

Humoyun Mahkamov
Muallif
Humoyun Mahkamov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling