Sony kompaniyasi "Ijtimoiy tarmoq 2" filmi ustida ishlamoqda

E’lon qilingan sana· 319
Sony kompaniyasi "Ijtimoiy tarmoq 2" filmi ustida ishlamoqda

Ssenariyni birinchi qism muallifi Aaron Sorkin yozmoqda, shuningdek, u rejissyor sifatida ham qatnashadi.

Sony Aaron Sorkinning Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan “Ijtimoiy tarmoq” dramasining davomi ustida ishlamoqda.

Deadline ma’lumotlariga koʻra, Sorkin yana ssenariy muallifi va rejissyor sifatida ishtirok etadi. Loyiha birinchi filmning syujetini davom ettirmaydi, balki “Facebook fayllari” nomli hikoyani aks ettiradi. Bu 2021-yil oktyabr oyida chop etilgan “Wall Street Journal"ning shov-shuvli maqolalar seriyasi bo‘lib, unda dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqning ichki mexanizmlari va uning ko‘plab zararlari ochib berilgan. Filmni suratga olish va premyera qilishning taxminiy sanasi hozircha noma’lum.

“Ijtimoiy tarmoq” filmining asl nusxasi tomoshabinlar va tanqidchilar orasida katta muvaffaqiyatga erishdi va jahon prokatida 226 million dollar yig‘di. Sakkizta “Oskar” mukofotiga, jumladan “Eng yaxshi film” nominatsiyasiga nomzod bo‘lgan film uchta nominatsiyada g‘olib chiqdi: “Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy”, “Eng yaxshi montaj” va “Eng yaxshi saundtrek”.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling