“Cho‘liq” filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 252
“Cho‘liq” filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tadi

Milliy kino san’ati saroyida 30-iyun kuni soat 18:00 da “Cho‘liq” filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kinosaroy axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Art-zamon media” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.

Filmda rollarni Ulug‘bek Muhammadkarimov, Sardor Abduhoshimov, Farhod Abdullayev, Tohir Saidov, Sayyora Yunusova, Feruza Saidova, Farhod Xudoyberdiyev hamda Sirojiddin Vafoyev kabi iqtidorli aktyorlar ijro etgan.

“Cho‘liq” — cho‘pon shogirdi degan ma’noni anglatib, film syujeti choʻponlar hayoti va ular duch keladigan muammolar orqali inson va tabiat o‘rtasidagi nozik munosabatlarni yoritadi.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Jamoliddin Qo‘ziboyev, postanovkachi operator Umid Malikov, postanovkachi rassomlar Jamoliddin Qo‘ziboyev, va Husaynboy Eshniyozov, kartina direktori Shohrux Ne’matov hisoblanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling