"Duna" filmining rejissori yangi "Jeyms Bond" filmini suratga oladi

E’lon qilingan sana· 40
"Duna" filmining rejissori yangi "Jeyms Bond" filmini suratga oladi

Avvalo, Denis Vilnev shu yozda suratga olish boshlanishi rejalashtirilgan uchinchi “Duna” filmidagi ishlarni yakunlaydi, keyin agent 007 haqidagi filmni suratga olishga kirishadi.

Yangi Jeyms Bond filmini “Dune” va “Blade Runner 2049” filmi rejissyori Denis Vilnev suratga oladi .

“Kinoga borishga oid eng ilk xotiralarimning ba’zilari 007 bilan bog‘liq. Men otam bilan birga Shon Konneri ijrosidagi „Doktor Yo‘q“ filmi davridan boshlab, Jeyms Bond haqidagi filmlarni tomosha qilib katta bo‘lganman. Men Bondning ashaddiy muxlisiman. U men uchun muqaddas mavzu hisoblanadi. An’anani hurmat qilish va ko‘plab yangi vazifalar uchun yo‘l ochish niyatidaman,” dedi Vilnev. “Bu juda katta mas’uliyat va ulkan sharaf.”

Ijrochi prodyuser sifatida Vilnevning badiiy sherigi va rafiqasi Tanya Lapuant ishtirok etadi. Avvaliga Vilnev uchinchi “Duna” ustida ishlashni yakunlaydi, uning suratga olish ishlari shu yozda boshlanishi kerak, keyin esa agent 007 haqidagi filmni suratga olishga kirishadi. Suratga olish ishlari qachon boshlanishi hozircha noma’lum, ammo maxfiy agentning eng so‘nggi qiyofasini katta ekranga ko‘chirish uchun Vilnev bilan ishlaydigan ssenariy muallifi qidirilmoqda.

Bond haqidagi yangi film franshizaning 26-filmi va 2021-yilda suratga olingan “O‘lish vaqti emas” filmining davomi bo‘ladi. Film, shuningdek, Amazon MGM agent huquqlarni 8,45 milliard dollarga sotib olganidan keyin suratga olinadigan ilk Bond filmi bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling