"Fantastik toʻrtlik: Ilk qadamlar" filmining yakuniy treyleri e'lon qilindi

Filmda bosh rollarni Pedro Paskal, Vanessa Kirbi, Eboni Moss-Bakrak va Jozef Kuinn ijro etgan.
Marvel Studios “Fantastik to‘rtlik: Ilk qadamlar” filmining yakuniy treylerini e’lon qildi.
Sinopsis: Rid Richards, Ben Grimm, Syu Storm va uning ukasi Jonni Yer sayyorasini kosmik xudo Galaktus va uning yordamchisi — Kumush Syorferdan himoya qilishi kerak. Agar Galaktusning butun sayyorani va undagi barcha mavjudotlarni yutib yuborish rejasi yetarlicha dahshatli tuyulmasa, vaziyat kutilmaganda shaxsiy tus oladi.
Filmda Pedro Paskal — Rid Richards / Mister Fantastik rolida, Vanessa Kirbi — Syu Storm / Koʻrinmas ayol rolida, Jozef Kuinn — Jonni Storm / Olov odam rolida va Ebon Moss-Baxrax — Ben Grimm / Maxluq rolida. Galactus ovozi va ijrosi Ralf Aynson, Kumush Syorfer esa Julia Garner.
Kino kartina “Marvel kinonatagrafiya olami” media franshizasining 37-filmi va “Fantastik to‘rtlik” filmlar seriyasining ikkinchi bor yangidan ishga tushirilgan talqini bo‘ladi. Film “Taxtlar o‘yini”, “Yigitlar” va “Vorislar” filmlari bilan tanilgan Mett Shakman rejissyorligida suratga olingan.
Film 25-iyul kuni xorij kinoteatrlarida namoyish etiladi va Marvel kino olamining oltinchi bosqichini boshlaydi.