“Demon Slayer: Infinity Castle” animesining birinchi treyleri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 49
“Demon Slayer: Infinity Castle” animesining birinchi treyleri e'lon qilindi

Syujet Iblis ovchilari korpusi va Muzan Kibutsujining saroyida bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi jang atrofida bo‘ladi.

Sony kompaniyasi “Demon Slayer: Infinity Castle” animesining treylerini taqdim etdi. Bu mashhur anime serialini yakunlovchi “Cheksiz qal’a” trilogiyasining birinchi filmi.

Syujet Iblis ovchilari korpusi va Muzan Kibutsujining saroyida bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi jang atrofida bo‘ladi. Asosiy janglar shu yerda bo‘lib o‘tadi, bu yerda qahramonlar taqdiri dunyoning kelajagini hal qiladi.

Rejissyorlik kursisiga yana Xaruo Sotodzaki — original serialning rejissyori oʻtirdi.

“Infinity Castle” 12-sentyabr kuni xorij kino teatrlarida namoyish etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling