“Yura davri dunyosi: qayta tugʻilish” kinoteatrlarda oʻzbek tilida ham namoyish etiladi

E’lon qilingan sana· 218
“Yura davri dunyosi: qayta tugʻilish” kinoteatrlarda oʻzbek tilida ham namoyish etiladi

3-iyuldan boshlab Oʻzbekiston kinoteatrlarida Universal Pictures studiyasining “Yura davri dunyosi: qayta tugʻilish” (“Jurassic World Rebirth”) filmi oʻzbek tilida ham namoyish etilmoqda. Shuningdek, kinokartinani rus va ingliz tillarida ham tomosha qilish mumkin.

Kinokartinaga chiptalarni Afisha.uz saytida xarid qilish mumkin.

Film syujetiga koʻra, bir guruh tadqiqotchilar uchta ulkan tarixiy mavjudotning DNKsini topish uchun borish qiyin bo‘lgan ekvatorial hududlarga yo‘l oladi. Ularning maqsadi tibbiyotda insoniyat kelajagini o‘zgartira oladigan yutuqlarga erishish hisoblanadi.

Kinokartinani Cinemaplex kinoteatrida, Tashkent City Mall’da joylashgan Cinematica’da, shuningdek, Andijon shahridagi “Oʻzbegim” va Buxorodagi “Buxoro” kinoteatrlarida oʻzbek tilida tomosha qilish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling