"Billni oʻldirish" va "Quturgan itlar" filmlari bilan mashhur boʻlgan Maykl Medsen vafot etdi
E’lon qilingan sana: · 199

Aktyor Maykl Medsen 67 yoshida vafot etdi. Uning menejeri Ron Smitning ma’lum qilishicha, Medsen payshanba kuni ertalab yurak xurujidan vafot etgan.
Medsen Kventin Tarantinoning mashhur filmlari boʻlgan “Quturgan itlar” (“Reservoir Dogs”), “Billni o‘ldirish” (“Kill Bill”) va “Jirkanch sakkizlik” (“The Hateful Eight”) filmlaridagi rollari mashhur boʻlgan. Aktyor, shuningdek, “Donni Brasko”, “Gunohlar shahri” va boshqa filmlarda rol o‘ynagan. Umumiy hisobda 140 ta loyihada ishlagan.
Maykl Madsen 1957-yil 25-sentyabrda Chikagoda tug‘ilgan. Yoshligida u bo‘yoqchi, avtomobil mexanigi, tez tibbiy yordam va yoqilg‘i quyish shoxobchasida ishlagan.