2025-yil iyul oyida uyda tomosha qilish mumkin bo‘lgan film va seriallar

E’lon qilingan sana· 194
2025-yil iyul oyida uyda tomosha qilish mumkin bo‘lgan film va seriallar

Iyul jazirama oqshomlarda nafaqat dimlikni, balki striming platformalaridagi film va seriallarni ham va’da qilmoqda. Strimingda — filmlarning navbatdagi qismlari, prikvellar, remeyklar, mushuk-zombilar, abadiy yashovchialr, seriyali qotillar va Kingning asarlari asosida olingan filmlar. Ko‘chada svetoforlar erib ketayotgan boʻlsa, uyda bularning qay birini tanlashdan miya erib ketishi mumkin. Biz esa har doimgidek yordam beramiz.

Filmlar

Бессмертная гвардия 2”

The Old Guard 2
Janr: fantastika, harakat.
Premyera sanasi: 2-iyul kuni Netflix platformasida.

Biz so‘ramagan edik, lekin Netflix baribir shu nomdagi komiksga asoslangan hikoyani davom ettirishga qaror qildi. Voqea markazida yana Sharliz Teron. Yangi shaxslar orasida Beatriks Kiddo… Uma Turman va Genri Goldingni koʻrish mumkin. Rejissyorlik kursisini esa Viktoriya Maxoni (“The Morning show”) egalladi. Filmni ishlab chiqarishdagi cheksiz muammolar sabab kinokartinaning muvaffaqiyatiga ishonish juda qiyin.

Sinopsis: Endi va uning o‘lmas jangchilar jamoasi insoniyatni himoya qilishda davom etmoqda. Bu safar ular Eski gvardiyaning mavjudligiga tahdid solayotgan qudratli raqibga qarshi turishi kerak.


Главы государств

Heads of State
Janr: jangari, komediya.
Premyera sanasi: 2-iyul kuni Prime Video platformasida.

Ilya Nayshullerni (“Hardcore Henry”) “Hech kim 2” filmining rejissyorlik kursisida koʻrmaymiz, ammo u bir joyda oʻtirmaslikka qaror qildi. Oldimizda Amazon uchun suratga olingan Jon Sina, Idris Elba va Preyanka Chopra ishtirokidagi yangi va yorqin ekshen-komediya loyihasi turibdi. Shuningdek, loyihada rossiyalik aktyor Aleksandr Kuznetsov ham ishtirok etgan. Bu yozgi jangari filmni o‘tkazib yuborish uchun hech qanday sabab yo‘q.

Sinopsis: dunyoda notinchlik hukm surmoqda, yetakchi davlatlar rahbarlarini yo‘q qilishni maqsad qilgan global fitna tayyorlanmoqda. Buyuk Britaniya bosh vaziri Sem Klark va Qo‘shma Shtatlar prezidenti Uill Derringer dushman uchun nishonga aylanadi, ular bir-biri bilan unchalik chiqishmaydi. Ammo tirik qolish uchun qahramonlar umumiy til topishi, raqobatni unutishi va keng ko‘lamli tahdidga birgalikda qarshi turishi kerak.


Счастливчик Гилмор 2

Happy Gilmore 2
Janr: komediya, sport.
Premyera sanasi: 25-iyul kuni Netflix platformasida.

Netflix va Adam Sendlerning hamkorligi cheksiz davom etadi. “Счастливчик Гилмор” sport komediyasining sikveli deyarli 30 yildan keyin chiqmoqda. Sendlerning kompaniyasini Margaret Kuolli, Ben Stiller, Bad Bunny va hatto Eminemning toʻldiradi. Treylerlarga ko‘ra, markaziy voqealar yana Xeppi va uning eski raqibi Shuter MakGavin o‘rtasida kechadi, uning rolini yana Kristofer MakDonald ijro etgan.

Sinopsis: Xeppi Gilmor qizining elita balet maktabida o‘qishi uchun pul yig‘ish maqsadida nafaqaga chiqqan iste’fodagi sportchi sifatida qaytadi.


Seriallar

“Этерна”

Janr: fentezi, sarguzasht.
Premyera sanasi: 5-iyul kuni Kinopoisk platformasida.

Loyiha nomi sizga tanish tuyulishi mumkin. Avvaliga “Eterna: birinchi qism” bor edi. Endi esa bu filmga hech qanday aloqasi bo‘lmagan “Kinopoisk"ning uzoq muddatli katta loyihasidir. Umuman olganda, serial qayta ishga tushirish hisoblanadi, lekin bu ham Vera Kamshaning “Eterna shu’lalari” romanlar turkumiga asoslangan. Serial olti qismdan iborat boʻlib, har hafta bir qismdan premyera qilinadi.

Sinopsis: dunyoni Buyuk Qulashdan faqat to‘rtta hukmdor qutqara oladi. Oxirzamon bo‘sag‘asida dunyo hokimiyat uchun kurash bilan qamrab olinadi, siyosiy fitnalar sehr-jodu bilan uyg‘unlashib ketadi. Isyonchining o‘g‘li otasining qotilidan qasos olmoqchi, ag‘darilgan sulola avlodi esa taxtni qaytarib olish niyatida. Ammo barchasini sayyoradagi eng buyuk kuch — taqdir bilan to‘qnashuv kutib turibdi, ularni faqatgina muhabbat qutqarib qoladi.


“Ночь живых кошаков”

Nyaight of the Living Cat
Janr: anime, multfilm, qoʻrqinchli, komediya, jangari.
Premyera sanasi: 6-iyul kuni Crunchyroll platformasida.

Odamlarni mushukka aylantiradigan virus haqidagi komedik-qoʻrqinchli anime bizning to‘plamimizni chetlab oʻtishi mumkin emasdi. Animeni “28 mushukdan keyin” deb atash kulgiliroq bo‘lardi. Bosh rejissyor Takashi Miike bo‘lib, u avvalroq “Kinoproba” va “Sukiyaki Western Jango” filmlarini suratga olgan. Animening har bir epizodi mushuklar bilan qanday yashash haqida maxsus ma’lumot qo‘shimchasi bilan tugaydi.

Sinopsis: dunyo bo‘ylab odamlarni o‘tkir tirnoqli tajovuzkor maxluqlarga — dahshatli mushuklarga aylantiradigan sirli virus tarqalmoqda.


“Баллард”

Ballard
Janr: jinoiy.
Premyera sanasi: 9-iyul kuni Prime Video platformasida.

Agar siz “Bosx” olamining muxlisi bo‘lsangiz, unda “Ballard” aynan siz uchun. Loyiha Maykl Konnelli romanlariga asoslangan olamning spin-offi hisoblanadi. Bosh rolni Meggi Kyu (“Uddalab bo‘lmas topshiriq 3”) ijro etgan.

Sinopsis: detektiv Rene Ballard LAPD’ning ochilmagan ishlarni tergov qilish bo‘yicha yangi bo‘linmasini boshqaradi. Ballardning asosiy vazifasi unutilgan ishlarni o‘z zimmasiga olishdir: u va uning guruhi seriyali qotilliklar haqidagi hikoyalar bilan shug‘ullanadi va politsiya ichidagi konspiratsiyalarni hal qiladi.


“Это слишком”

Too Much
Janr: melodrama, komediya.
Premyera sanasi: 10-iyul Netflix platformasida.

Mana, “Girls” serialining yaratuvchisi Lena Danem yana kichik ekranlarda. Deyarli e’tiborga olinmagan, ammo o‘ziga xos qiziqarli ikkita filmdan so‘ng (“Sharp Stick” va “Catherine Called Birdy”) u yangi loyiha — yarim avtobiografik drama bilan seriallar industriyasiga qaytmoqda. Megan Stelter va Uill Sharp bosh rollarda.

Sinopsis: Jessika yaqin kelajakda o‘ziga va karyerasiga e’tibor qaratish istagi bilan Angliya poytaxtida yashay boshlaydi. Rejalarni qiz sevib qolgan, biroq qizil bayroqlarga toʻla boʻlgan mahalliy yigit buzadi.


“Декстер: Воскрешение”

Dexter: Resurrection
Janr: jinoiy, drama.
Premyera sanasi: 11-iyul kuni Showtime platformasida.

Agar seriyali qotilning sarguzashtlarini tomosha qilishdan zerikmagan bo‘lsangiz, “Воскрешения” voqealari “Новая кровь” nomli mini-serial voqealaridan so‘ng darhol boshlanadi. Serial oldingi mavsumlarni suratga olgan Klayd Fillips tomonidan tayyorlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, serial slasherdan ko‘ra ko‘proq psixologik detektiv drama bo‘lib, Deksterning ichki kurashi va uning asosiy finaldan keyingi poklanishga intilishiga qaratilgan. Yangi aktyor va aktrisalar orasida Piter Dinkleyj, Uma Turman, Nil Patrik Xarris, Kristen Ritter, Erik Stounstrit, Devid Dastvmalchyan va boshqalar bor.

Sinopsis: Dekster yana mo‘jizaviy tarzda omon qoladi, lekin uning o‘g‘li Xarrison g‘oyib bo‘ladi. Yangi mavsum Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi, u yerda Dekster Xarrisonni topishga harakat qiladi, shu bilan birga o‘tmishidagi odamlar — detektiv Batista va u jalb qilgan seriyali qotillarning yashirin jamiyati bilan to‘qnashadi.


“Institut”

The Institute
Janr: qoʻrqinchli, fantastik, triller.
Premyera sanasi: 13-iyul kuni MGM+ platformasida.

Bu Stiven King romani asosida suratga olingan film boʻlib, bu yil hisobidan uchinchisidir. Undan keyin bizni yana “Бегущий человек” va “Долгая прогулка” kutib turibdi. Serialning rejissyori va ijrochi prodyuserlaridan biri Jek Bender (“Остаться в живых”) hisoblanadi. Asosiy rollarni Ben Barnes, Meri-Luiz Parker va Jo Freeman ijro etgan. Tanqidchilar dastlabki qismlarni allaqachon ko‘rgan va serialni dahshatli uslubda deb atashgan.

Syujet o‘g‘irlab ketilgan va ekstrasensor qobiliyatlariga ega bo‘lgan, bolalar ustida shafqatsiz tajribalar olib boriladigan maxfiy markazga yuborilgan o‘smir-daho Luka Ellis haqida hikoya qiladi. Bunga parallel ravishda qo‘shni shaharda sobiq politsiyachi Tim Jeymison yangi hayot boshlashga harakat qiladi, ammo tez orada “Institut” atrofidagi noxush voqealarga aralashib qoladi.


“Неукротимый” (mini-serial)

Untamed
Janr: triller, drama, jinoiy, detektiv.
Premyera sanasi: 17-iyul kuni Netflix platformasida.

Tomoshabinni Yosemiti bog‘ining yovvoyi muhitiga sho‘ng‘itadigan oltita shiddatli qism va’da qilinmoqda. Erik Bana bosh rolni o‘ynaydi va “The Revenant” filmining ssenariy muallifi Mark L. Smit loyiha uchun mas’ul hisoblanadi. Smit aytganidek, “biz nafaqat Yosemitining buyukligini, balki yashirin xavfni ham ko‘rsatishga intildik — tabiat kechirmaydi”.

Sinopsis: Kayl Tyorner milliy bog‘lar xizmatining maxsus agenti bo‘lib, tabiatning bepoyon yovvoyi burchaklarida qonunlarga rioya etilishini ta’minlash ustida ish olib boradi. Shafqatsiz o‘lim tergovi Tyornerga bog‘ning va o‘z o‘tmishining qorong‘u sirlari bilan to‘qnashish imkonini beradi.


Seriallar davomi:

“Песочный человек”, 2-mavsum (final), 3-iyul kuni Netflix platformasida;

“Дандадан”, 2-mavsum, 3-iyul kuni Netflix platformasida;

“В Филадельфии всегда солнечно”, 17-mavsum, 9-iyul kuni Hulu platformasida;

“Основание”, 3-mavsum, 11-iyul kuni Apple TV+ platformasida;

“Звездный путь: Странные новые миры”, 3-mavsum, 17-iyul kuni Paramount+ platformasida.

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling