"Dyuna" filmi uchinchi qismining suratga olish ishlari boshlandi

Film ssenariysi uchun adabiy asosi Frenk Gerbertning "Dune: Messiah" romani bo‘ladi.
Deni Vilnyov rejissyorligidagi “Dyuna” franshizasining uchinchi filmi suratga olish ishlari boshlandi.
Timoti Shalame (Pol Atreydes), Zendaya (Chani), Florens Pyu (Malika Irulan) va Jeyson Momoa (Dunkan Aydaxo) yana bir bor bosh rollarni ijro etadi. Pol va Chanining farzandlari roliga kasting avvalroq tasdiqlangan edi. Jeyson Momoa va Liza Bonetning 16 yoshli o‘g‘li Nakoa-Volf Momoa Leto Atreides II rolini, Ayda Bruk esa Ganima Atreides rolini ijro etadi. Robert Pattinson ham aktyorlar safiga qoʻshilgan.
Ushbu rasm filmning suratga olish jarayonlaridan e’lon qilindi.
Film ssenariysi uchun adabiy asosi Frenk Gerbertning “Dune: Messiah” romani bo‘ladi. Taxminiy premyera sanasi — 2026-yil 18-dekabr.