Oldin va hozir: “Senga oshiqman” seriali aktyorlari 11 yil ichida qanchalik o‘zgardi?

E’lon qilingan sana· 24 238
Oldin va hozir: “Senga oshiqman” seriali aktyorlari 11 yil ichida qanchalik o‘zgardi?

Hindistonlik taniqli rejissyor Ekta Kapur tomonidan suratga olingan “Senga oshiqman” seriali klassik ingliz yozuvchisi Emili Brontening “Momaqaldiroqli dovon” novellasi asosida ishlangan.

U 2014-yil 24-iyundan 2016-yil 19-fevralgacha ColorsTV telekanali orqali namoyish etilgan. Serial 2015-yil bahoridan Yoshlar kanali orqali o‘zbek tomoshabinlariga ham taqdim etilgan. Ammo mavsumlar yakunlanmay, efir to‘xtatilgan.

Afisha.uz o‘zbek teletomoshabinlarining qalbidan chuqur joy olgan serial aktyorlar qariyb 10 yildan ortiq vaqt ichida qay darajada o‘zgargani va hozirda nimalar bilan shug‘ullanayotgani haqida batafsil ma’lumot beradi.


Shakti Arora

  • false
  • false

Serialdagi bosh rol ijrochisi 39 yoshli Shakti Arora (Ranvir) kinodagi faoliyatini 2006-yilda boshlagan. U loyihada Kailash va Ambaning o‘g‘li rolini o‘ynaydi. Qiziq ma’lumot, Arora serialda o‘zining egizak ukasi Milan Vagela rolini ham ijro etgan.

Aktyor so‘nggi marta 2024-yilda suratga olingan rejissyor Lina Gangopadxьyayning “O‘zganing sevgisida sarxushtman” oilaviy dramasida suratga tushdi. Unda Arora Ishan Bxosle rolini ijro etgan.

Radhika Madan

  • false
  • false

Zamonaviy hind kinosining go‘zallik ikonalaridan biri hisoblanuvchi Radhika Madan (Ishani) hozirda endigina 30 yoshni qarshiladi. U serial suratga olingan paytda 19 yoshda bo‘lgan. Aktrisaga “Senga oshiqman” serialidagi roli olamshumul mashhurlik keltirgan.

Madan hozirgi vaqtda Vasan Balaning “Jigra” nomli filmida suratga tushmoqda. Aktrisa loyihada o‘zining kameosini gavdalantirmoqda. Shuningdek, u 2024-yilda tasvirga olingan “Sarfira” filmida Rani rolini ijro etdi. Aktrisa so‘nggi yillarda faol ravishda xayriya bilan ham shug‘ullanmoqda.

Utkarsha Naik

  • false
  • false

Serialda Ranvirning onasi Amba Vagela rolini o‘ynagan aktrisa Utkarsha Naik hind kinosining faxriy onaxonlaridan hisoblanadi. U kino va seriallarda uzoq yillardan beri ona yoki buvi rollarini ijro etib keladi.

Aktrisa 2013-yilda “Ambrosia Theatre Group” jamg‘armasiga asos solgan. Ushbu fond yosh aktyorlarga o‘z yo‘lini topishda yaqindan ko‘maklashadi. U, shuningdek, o‘z xonadonida hayvonlar uchun boshpana ochgan.

Ravjit Singh

  • false
  • false

Aktyor Ravjit Singh (Chirag) 2010-yillardan boshlab hind televizion seriallari va kinolarda faol ishtirok etmoqda. Aktyor 2014‑2015 yillarda serialga qo‘shilgan va serialdagi asosiy antogonist rolini ijro etgan.

Ravjit hind televideniyesida salbiy-obrazlari bilan mashhur aktyordir. Birinchidan ziddiyatli rollar bilan tanilgan, keyinchalik oilaviy seriallar yordamida keng auditoriyaga ega bo‘lgan.

Arjun Bijlani

  • false
  • false

Serialdagi sevgi uchburchagini ajoyib ravishda to‘ldirgan Arjun Bijani (Shikhar) hozir 42 yoshda. U televideniya aktyori sifatidagi faoliyatini 2004-yilda yoshlarga mo‘ljallangan shouda suratga tushish orqali boshlagan.

Arjun hozirgi kunda Hindiston telekanallarining doimiy faxriy mehmoni hisoblanadi. Aktyor 2024-yilda efirga uzatilgan 2 fasldan iborat “Kulgi oshpazlari” pazandachilik shousining barcha sonlarida suratga tushdi.

Smriti Xanna

  • false
  • false

Sobiq model Smiriti Xanna (Ritika) o‘z ijodiy faoliyatini 5-kanaldagi “Mujassam” serialida suratga tushish bilan boshlagan. “Senga oshiqman"dagi roli esa unga nafaqat Hindistonda, balki butun dunyoda mashhurlik keltirgan.

Xanna oxirgi yillarda aktrisalik faoliyati bilan shug‘ullanmayapti. U hozirda ikki nafar qizni tarbiyalamoqda. San’atkorning kichkina qizi 2024-yil aprelida dunyoga kelgan.

Gauri Pradan

  • false
  • false

Taniqli hind aktrisasi va model Gauri Pradan (Falguni) so‘nggi yillarda faol ravishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda. Unga ham boshqalar qatori katta mashhurlik aynan “Senga oshiqman” seriali orqali kelgan. Pradan shu taniqlilikdan foydalanib, bir nechta tizimli bizneslarni yo‘lga qo‘ygan.

Sony SAB telekanali orqali 2024-yilda efirga uzatilgan “Pashminna” serialida aktrisa Priti Suri rolini gavdalantirdi. Shuningdek, u o‘tgan yilda Disney+ tomonidan ishlangan “Toza xabar” veb-serialida Svati rolini ijro etdi.

Xiten Tedjvani

  • false
  • false

Yuqorida nomi qayd etilgan Gauri Pradanning turmush o‘rtog‘i Xiten Tedjvani serialda Nitin Joshi rolini o‘ynagan. O‘shanda aktyor 30 yoshda bo‘lgan. Aktyor 2001-yilda birinchi turmushidan ajrashgan. Gauri uning ikkinchi oilasi hisoblanadi.

Xiten 2025-yil aprelidan beri ColorsTV telekanalida efirga uzatilayotgan “Meri Bavya hayoti” nomli ijtimoiy-dramatik serialda Nitin Jaisval rolini ijro etmoqda. U serialda yana mashhur hind aktrisasi Kxandke Kesvani bilan juftlik sifatida namoyon bo‘ladi.

Parul Chauhan

  • false
  • false

Serialda Aarti Singx rolini ijro etgan aktrisa Parul Chauhan o‘z faoliyatini 2007-yilda televizion serialda rol o‘ynashdan boshlagan. 2016-yildan 2019-yilgacha Chauxan “YRKKH” filmida Svarna Gupta rolini o‘ynadi.

Aktyorlikka kirishdan oldin u modellik bilan shug‘ullangan. 2009-yilda u Jhalak Dikhhla Jaa 3 realiti-serialida ishtirokchi sifatida ishtirok etgan.

Humoyun Mahkamov
Muallif
Humoyun Mahkamov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling