“To‘ylar muborak” filmi rejissyori Eduard Xachaturov vafot etdi
E’lon qilingan sana: · 327

Foto: Anhor.uz
“To‘ylar muborak” filmi rejissyori Eduard Xachaturov vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Eduard Xachaturov 1936-yil 27-martda tugʻilgan boʻlib, hozirda 89 yoshda edi. Ma’lumot uchun, rejissyor ijodiy faoliyati davomida “Katta jang oldidan”, “To‘ylar muborak”, “Ilk yo‘lovchilar”, “Chegara hududi”, “Cho‘l”, “Yaxshi yigit”, “Har uchinchi”, “Ringga chorlamoqda” kabi filmlarni suratga olgan.
Bundan tashqari, ijodkor faoliyati davomida o‘zbek kino ustalari Komil Yormatov, Yo‘ldosh Agʻzamov, Shuhrat Abbosovlar bilan birga “Qora konsul o‘limi”, “Olovli yo‘llar”, “Abu Rayhon Beruniy” filmlarida faoliyat olib borgan.